Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/03 00:45 Fiorentina 1-1 Inter
23/03 01:00 Real Madrid 3-2 Atletiko

Fati "Barselona"dan ketmoqchi emas

Fati "Barselona"dan ketmoqchi emas

Baho:
+ | -

“Barselona” futbol klubining yosh tarbiyalanuvchisi Ansu Fati jamoani tark etishni istamayapti.

Kataloniya radiosi jurnalisti Laia Tudelning xabar berishicha, hujumchi o‘yin amaliyoti kam bo‘lishiga qaramay, "Barselona"da qolib, faoliyatini klubda davom ettirish niyatida ekanligini aniq bildirgan.

20 yoshli hujumchi 2022/23 yilgi mavsumda avvalgidek ko‘p jarohat olmadi, ammo shunga qaramay u asosiy tarkibda ko‘p maydonga tushmadi. Fati joriy mavsumda Kataloniya jamoasi safida 50 ta o‘yinda maydonga tushdi, biroq uning o‘rtacha o‘yin vaqti 36 daqiqani tashkil qildi. Hujumchi 9 ta gol va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 02:17, 31.05.2023.
O'qildi: 1228 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик