Kirish Ro'yxatdan o'tish

Savich uchun kurashda qaysi klub favorit?

Savich uchun kurashda qaysi klub favorit?

Baho:
+ | -

Serbiyalik yarim himoyachi Sergey Milinkovich-Savich kelasi yozda klubini o‘zgartirishi mumkin.

Il Messaggero jurnalistlari futbolchini qo‘lga kiritish uchun kurashda qaysi klub favorit ekanligini aniqladi.

Turinning "Yuventus" klubi yarim himoyachini qo‘lga kiritish uchun eng katta imkoniyatga ega. “Keksa senyora” rahbariyati Sergeyga yiliga olti million yevro to‘lashga tayyor. Milinkovich-Savichning transfer summasi 30-40 million yevroni tashkil qilishi mumkin.

28 yoshli yarim himoyachi 2015 yilning avgustidan buyon «Lasio» safida to‘p tepadi. Tomonlar o‘rtasidagi amaldagi shartnoma muddati 2024 yilning o‘rtalarigacha hisoblangan.

Yarim himoyachi joriy mavsum A Seriyada 35 ta o‘yinda maydonga tushib, 9 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 11:34, 31.05.2023.
O'qildi: 1006 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик