Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/01 00:45 Inter 1-0 Lechche
15/01 22:30 Verona 2-3 Bolonya
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya - Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam - BAA
17/01 00:45 Piza - Atalanta
17/01 01:00 Espanyol - Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal

O‘zbekiston kubogi. «Olimpik» – «Navbahor» (prevyu)

O‘zbekiston kubogi. «Olimpik» – «Navbahor» (prevyu)

Baho:
+ | -

O‘zbekiston kubogi “F” guruhi, 3-turidan o‘rin olgan bahsda “Navbahor” safarda “Olimpik” (Toshkent) mehmoni bo‘ladi.

Xabaringiz bor, mamlakatimizning eng sovrindor klublari qatoridan joy olgan va Superliga (oliy liga)mizning muntazam ishtirokchisi bo‘lgan “Navbahor” billur sovrinni 3 marta – 1992, 1995 va 1998 yillarda qo‘lga kiritgan hamda 1993 va 2022 yillarda final ishtirokchisiga aylanib, hal qiluvchi bahslarda “Paxtakor” (0:3, 1993 yili) hamda “Nasaf” (1:2, 2022 yil) jamoalariga imkoniyatni boy bergan.

“Olimpik” esa hali O‘zbekiston kubogi finaliga qadar yetib bormagan.

2021 yilda O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi (MOQ) va O‘zbekiston Futbol assosiasiyasi (O‘FA) tashabbusi bilan 2024 yili Parijda bo‘lib o‘tadigan yozgi Olimpiada o‘yinlariga puxta hozirlik olib borish maqsadida, olimpiya terma jamoasiga nomzod futbolchilardan  tuzilgan va 2022 yildan Superligada qatnashayotgan, yaqin o‘tmishning mashhur futbolchilaridan biri bo‘lgan Temur Kapadze boshqarayotgan “Olimpik” jamoasi bilan “Navbahor” O‘zbekiston Coca Cola kubogi o‘yinlarida shu paytgacha ikki marta ro‘baro‘ kelgan: 2021 yili guruh bosqichi va 2022 yili 1/8 final bosqichida.

Mazkur bellashuvlarning har ikkisida ham “lochinlar” 1:0 hisobida zafar quchib, keyingi bosqichga yo‘l olishgan, 2021 yili esa 1/8 final yo‘llanmasini  olimpiyachilar ham 2-o‘rin sohibi sifatida qo‘lga kiritishgandi.       

Jamoalarning o‘zaro o‘yinlari:

2021 yil
30.04.2021. “Navbahor” – “Olimpik” – 1:0 (1:0)
Gol: Mirzohid G‘ofurov (29).  

2022 yil
23.08.2022. “Olimpik” – “Navbahor” – 0:1 (0:1)
Gol: Jamshid Boltaboyev (20).

Eslatib o‘tamiz, “Olimpik” – “Navbahor” uchrashuvi 2 iyul kuni Toshkentdagi “Jar” stadionida soat 20:00 da start oladi.

“Navbahor” PFK matbuot xizmati. 

Manba: www.pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 16:20, 01.06.2023.
O'qildi: 1313 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.