Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/11 01:00 Xetafe 2-0 Valyadolid
23/11 15:00 Olimpik 0-1 Bunyodkor
23/11 17:15 Andijon 3-0 Dinamo
23/11 17:30 Lester 1-2 Chelsi
23/11 18:00 Valensiya 4-2 Betis
23/11 19:00 Verona 0-5 Inter
23/11 20:00 Bornmut 1-2 Brayton
23/11 20:00 Arsenal 3-0 Nottingem Forest
23/11 20:00 Aston Villa 2-2 Kristal Pelas
23/11 20:00 Everton 0-0 Brentford
23/11 20:00 Fulhem 1-4 Vulverhempton
23/11 20:15 Atletiko 2-1 Alaves
23/11 22:00 Milan 0-0 Yuventus
23/11 22:30 Manchester Siti 0-4 Tottenhem
23/11 22:30 Las-Palmas 2-3 Malyorka
23/11 22:30 Jirona 4-1 Espanyol
24/11 00:45 Parma 1-3 Atalanta
24/11 01:00 Selta 2-2 Barselona
24/11 15:00 Metallurg 1-0 Surxon
24/11 16:30 Jenoa 2-2 Kalyari
24/11 17:15 So‘g‘diyona 2-0 Lokomotiv
24/11 18:00 Osasuna - Vilyarreal
24/11 19:00 Sautgempton - Liverpul
24/11 19:00 Torino - Monsa
24/11 19:00 Komo - Fiorentina
24/11 20:15 Sevilya - Rayo Valyekano
24/11 21:30 Ipsvich - Man. Yunayted
24/11 22:00 Napoli - Roma
24/11 22:30 Leganes - Real Madrid
25/11 00:45 Lasio - Bolonya
25/11 01:00 Atletik Bilbao - Real Sosyedad
25/11 22:30 Empoli - Udineze

Tartib-intizom qo‘mitasining navbatdagi yig‘ilishi qarorlari

Tartib-intizom qo‘mitasining navbatdagi yig‘ilishi qarorlari

Baho:
+ | -

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi Tartib-intizom qo‘mitasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda so‘nggi turlar doirasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvlardagi intizomiy ishlar ko‘rib chiqildi.

Superliga

"Metallurg" — "Nasaf"

Superliganing 10-turi doirasidagi “Metallurg” — “Nasaf” uchrashuvning 86-daqiqasida “Nasaf” futbolchisi Mateus Lima Kruz raqib o‘yinchisining ko‘krak qismiga qo‘li bilan zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasining qaroriga ko‘ra, Mateus Lima Kruzga (“Nasaf”) nisbatan 2 ta o‘yinga chetlashtirish intizom chorasi qo‘llanildi.

OKMK — “Andijon”

Superliganing 10-turi doirasidagi OKMK — “Andijon” uchrashuvi yakunlangandan so‘ng “Andijon” futbol klubi futbolchisi Eldor Adxamov tribuna osti yo‘lakchasida xavfsizlik tartibiga rioya qilmasdan, jamoat tartibini saqlash uchun mas’ul bo‘lgan xodimlarga nisbatan hurmatsizlik qilib, provokasion harakatlar qilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasining qaroriga ko‘ra, Eldor Adxamovga (“Andijon”) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

“Surxon” — “Metallurg”

Superliganing 11-turi doirasidagi “Surxon” — “Metallurg” uchrashuvning 12-daqiqasida “Metallurg” futbolchisi Ergash Ismoilov to‘p uchun kurashish vaqtida oyog‘ining tag qismi bilan raqib o‘yinchisini oyog‘iga zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan.

o‘yinning 25-daqiqasida “Surxon” futbolchisi Kamron Saidazimov to‘p uchun kurashish vaqtida oyog‘ining tag qismi bilan raqib o‘yinchisini bosh qismiga zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasining qaroriga ko‘ra, Ergash Ismoilovga (“Metallurg”) nisbatan 2 ta o‘yinga chetlashtirish va jarima intizom chorasi, Kamron Saidazimovga (“Surxon”) nisbatan esa 3 ta o‘yinga chetlashtirish va jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

“Qizilqum” — “Olimpik”

Superliganing 10-turi doirasidagi “Qizilqum” — “Olimpik” uchrashuvning 44-daqiqasida “Qizilqum” futbol klubi futbolchisi Ifeani Ifeani to‘p uchun kurashish vaqtida oyog‘ining tag qismi bilan raqib o‘yinchisini tana qismiga zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasining qaroriga ko‘ra, Ifeani Ifeaniga (“Qizilqum”) nisbatan 3 ta o‘yinga chetlashtirish va jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

“Andijon” — “Turon”

Superliganing 12-turi doirasidagi “Andijon” — “Turon” uchrashuvning 34-daqiqasida “Turon” klubi futbolchisi Bilolxon Toshmirzayevga ko‘rsatilgan qizil kartochka Intizom kodeksining 5.61-bandiga asosan O‘zFHMning Ekspert hakamlar komissiyasi bilan kelishilgan holda bekor qilindi.

O‘zbekiston kubogi

“Qizilqum” — “Lokomotiv”

O‘zbekiston Kubogining 2-guruh bosqichi doirasidagi “Qizilqum” — “Lokomotiv” uchrashuvning 11-daqiqasida “Qizilqum” futbol klubi futbolchisi Humoyun Abdualimov to‘p uchun kurashish vaqtida oyog‘ining tag qismi bilan raqib o‘yinchisini oyoq qismiga zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasining qaroriga ko‘ra, Humoyun Abdualimovga (“Qizilqum”) nisbatan 4 ta o‘yinga chetlashtirish va jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

Pro liga

“Dinamo plyus” — “Qo‘qon-1912”

Pro liganing 9-turi doirasidagi “Dinamo plyus” — “Qo‘qon-1912” uchrashuvi yakunlangandan so‘ng “Qo‘qon-1912” futbol klubi bosh murabbiyi Muxsin Nizamitdinov o‘yindan keyingi matbuot anjumanida tasdiqlanmagan, noto‘g‘ri ma’lumotlar berib, raqib jamoaga hamda muxlislarga hurmatsizlik qilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasining qaroriga ko‘ra, Muxsin Nizamitdinovga (“Qo‘qon-1912”) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi

“Lokomotiv” — “Mash’al”

Pro liganing 9-turi doirasidagi “Lokomotiv” — “Mash’al” uchrashuvi yakunlangandan so‘ng “Lokomotiv” futbolchisi Marat Bikmayev hamda “Mash’al” futbolchisi Otar Javashvili bir-biriga nisbatan tajovuzkor harakat qilib, mushtlashib ketgani hamda ommaviy tartibsizlik vujudga keltirgani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasining qaroriga ko‘ra, Marat Bikmayev va Otar Javashviliga nisbatan 3 ta o‘yinga chetlashtirish va jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

“Sho‘rtan” — “Xorazm”

Pro liga musobaqasining 10-turi doirasidagi “Sho‘rtan” — “Xorazm” uchrashuvning 33-daqiqasida “Sho‘rtan” jamoasi futbolchisi Hojiakbar Yunusov raqib o‘yinchisining yuz qismiga tirsagi bilan zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan hamda uchrashuv yakunlangandan bosh hakam sha’niga haqoratli so‘zlar ishlatgan.

Tartib-intizom qo‘mitasining qaroriga ko‘ra, Hojiakbar Yunusovga (“Sho‘rtan”) nisbatan 3 ta o‘yinga chetlashtirish va jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

“G‘ijduvon” — “Dinamo plyus”

Pro liga musobaqasining 10-turi doirasidagi “G‘ijduvon” — “Dinamo plyus” uchrashuvning 90+2-daqiqasida “Dinamo plyus” futbol klubi futbolchisi Hazratjon Tursunqulov zaxira o‘rindigʻidan turib, yordamchi hakamga nisbatan tajovuzkor harakat qilib, yelim idish uloqtirgani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Hazratjon Tursunqulovga (“Dinamo plyus”) 3 ta o‘yinga chetlashtirish va jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

Kiritildi: 08:57, 02.06.2023.
O'qildi: 1656 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.