Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted

Alessandro Kostakurta: «Muvaffaqiyatsiz mavsum? Yo‘q, unday emas»

Alessandro Kostakurta: «Muvaffaqiyatsiz mavsum? Yo‘q, unday emas»

Baho:
+ | -

«Milan»ning afsonaviy himoyachilaridan biri Alessandro Kostakurta sobiq jamoasining joriy mavsumdagi ishtirokiga baho berar ekan, «muvaffaqiyatsiz» atamasi ortiqcha ekanligini ta’kidladi.

Oddiy aytganda, uning aytishicha, «rossonerlar» o‘z salohiyatlari darajasida o‘ynashdi. Har holda, sobiq himoyachi La Gazzetta dello Sport nashriga shu mazmunda intervyu berdi.

- «Milan» Chempionlar Ligasi yarim finalida «Inter» to‘sig‘idan o‘tolmadi. Jamoa keyingi mavsum uchun qanday tiklanishi mumkin?

- Albatta, bu mavsum oqsagan ba’zi jihatlarni ma’lum darajaga ko‘tarish evaziga. Tan olish kerak, ayni payt tarkibda saviyasi jamoa standartidan past sanalgan futbolchilar ham bor. Bu bilan nima demoqchiman? Shunday yakunga olib kelgan elementlarni tushunish kerak. 

- Xususan, Sharl de Ketelare haqida to‘xtalsangiz...

- Bu yigitcha «Bryugge»da o‘zini har tomonlama yaxshi ko‘rsatdi. Chindan ham, o‘ta iqtidorli futbolchi, salohiyati katta. Maydonda raqiblar uchun qo‘rqinchli ko‘rinadi, bu yilgi o‘yinlaridan esa shunchaki, ko‘z yumish kerak. Harqalay, shaxsan men Sharlning hali yaqqol o‘sish imkoniyatiga egaligini payqadim.

- Lekin odatda katta iqtidorlarning «Milan»dagi debyut mavsumida bunday muammolarga duch kelishgani kam kuzatilgan, to‘g‘rimi?

- Tushuning, oldin hammasi boshqacha edi. Misol uchun, Savichevich birinchi mavsum yakunidayoq «Oltin to‘p» so‘rovida 2-o‘rinni egallagandi, lekin u ham boshida ancha qiynalgani esimda. Asosiy jihat shuki, o‘sha payt jamoa kuchli o‘ynardi va bu yangi futbolchilarga ham ta’sir qilardi. Hozir esa biroz boshqacha: debyutantlardan darhol tarkibga kirish va jamoani kuchaytirish talab etiladi.

- Xo‘sh, fikringizcha, Paolo Maldini va Stefano Pio­lini qoldirish kerakmi yoki...?

- Hozirgi holatda iste’fo haqida o‘ylash - bema’nilik. Albatta, har ikkisiga imkon berish kerak. Binobarin, Pao­lo ham, Stefano ham joriy mavsum sifatli ish olib borishdi. Tushuning, hozirgi «Milan»ning Chempionlar Ligasi yarim finaliga chiqqani - katta natija. To‘g‘ri, yakuniy baho chempionat natijasiga bog‘liq. Ya’ni bunga jamoaning CHLga yo‘llanma olish-olmas ligi katta ta’sir ko‘rsatadi.

- Qaysi ma’noda?

- Har qanday holatda ham, mavsum muvaffaqiyatsiz o‘tganini ta’kidlash noto‘g‘ri, menimcha. Lekin «Milan»ning Chempionlar Ligasiga ilinishi juda muhim. Ayniqsa, iqtisodiy jihatdan.

- O‘yinga bog‘liq asosiy muammo nimada?

- Zaxira kuchida. Tarkibda muayyan mushkul vaziyatda zaxiradan tushib, o‘yinni keskin burib yuboradigan ijrochilar kam.

- Yetakchilar umidsizlikka tushib qolishmayaptimi? Masalan, Kalulu va Tomori...

- Ehtimol, shundaydir. Chunki chempionlik mavsumidan keyin orqaga ketish ayniqsa, yetakchilarga ruhiy tomondan ta’sir qiladi. Avvalgi mavsum xususan, Kalulu meni lol qoldirgandi - hayratlanarli o‘sish. Ochig‘i, bu yigitni umuman bilmasdim. Biroq Kalulu ham, Tomori ham oxirgi o‘yinlarda juda ko‘p xatoga yo‘l qo‘yishdi.

- Ularga nima bo‘ldi o‘zi?

- Katta tezlikda o‘sayotgan futbolchi hammaning diqqat-e’tibori markazida turadi va ozgina omadsizlik qiyin davrlarga ulanishi hech gap emas. Tushunarliki, Tomori allaqachon katta futbolchiga aylangan va endi xatosiz o‘ynashidan umidvorman.

- Deylik, ixtiyor sizda bo‘lsa va har ikkisiga xaridor chiqsa, qay birini sotardingiz?

- Tomorini. Chunki taklif uning o‘ziga foydaliroq bo‘ladi katta ehtimol.

- Tasavvur qiling, sizda bitta qimmatbaho transfer amalga oshirish imkoni bor. Avvalo, kimni tanlardingiz?

- Hujumchi olardim.

- Aniqroq aytsangiz...

- Skamakka. U kabi keng xususiyatli hujumchilar kam. Skamakka «Milan»da o‘z joyini topardi, menimcha. Shuningdek, «RB Zalsburg» vakili Sheshko ham zo‘r. To‘g‘ri, u hali uncha barqaror emas, lekin yosh va o‘ta salohiyatli.

M.PO‘LATOV tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 14:44, 02.06.2023.
O'qildi: 1085 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.