Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/06 06:00 AQSh 4-1 Paragvay
13/06 23:59 Qatar 1-1 Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya 1-1 Marokash
14/06 06:00 Gaiti 0-1 Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya 2-0 Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao
15/06 01:00 Niderlandiya - Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar - Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya - Tunis
15/06 21:00 Ispaniya - Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya - Misr

Agar "Yuventus" yevrokuboklarga yo‘l olsa, UYEFA klubni musobaqalardan chetlatadi

Agar "Yuventus" yevrokuboklarga yo‘l olsa, UYEFA klubni musobaqalardan chetlatadi

Baho:
+ | -

UYEFA prezidenti Aleksandr Cheferin Italiya futbol federasiyasi rahbari Gabriele Gravina bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda La Gazzetta dello Sport nashri.

UYEFA rahbari Federasiya "Yuventus" bilan moliyaviy firibgarlikda aybini tan olish bo‘yicha kelishuv tuzganidan noroziligini bildirdi. Cheferinning fikricha, bu turinliklarning yanada qattiqroq jazolanishining oldini oldi - ular 10 dan ortiq ochkoni olib qo‘yishlari mumkin edi.

"Yuventus" advokatlari maoshlar bilan bog‘liq firibgarliklarni ko‘rib chiqmaslik uchun Federasiya bilan imkon qadar tezroq kelishib olishni so‘radi. Agar bu holat o‘rganilsa, klubdan undan ham ko‘proq ochko olib qo‘yilishi mumkin edi, yevrokuboklarga yo‘l olish imkoniyati qolmagan bo‘lardi. Ammo Cheferin, agar jamoa mavsum oxirida Yevropa Ligasi yoki Konferensiya Ligasiga chiqsa, UYEFA yevroturnirlaridan chetlashtirilishini talab qiladi.

Cheferin va "Yuventus" o‘rtasidagi munosabatlar yomon, chunki klubning sobiq prezidenti Andrea Anyelli Superliga tashkil etish g‘oyasining asosiy tarafdorlaridan biri edi.

A Seriyaning so‘nggi turi oldidan “Yuventus” 7-o‘rinni egallab turibdi, bu esa jamoani Konferensiyalar ligasiga yo‘llaydi, ammo Yevropa Ligasiga chiqish uchun hali ham imkoniyatlar mavjud.

Kiritildi: 17:26, 02.06.2023.
O'qildi: 2363 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик