Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina 1-2 Udineze
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo

Benzema va Modrichning o‘rnini kimlar bilan to‘ldirsa bo‘ladi?

Benzema va Modrichning o‘rnini kimlar bilan to‘ldirsa bo‘ladi?

Baho:
+ | -

"Real"ni bu yozda kimlar tark etadi va qaysi futbolchilar jamoaga olib kelinishi mumkinlini ko‘rib chiqmiz.

Courtois:

Chempionliksiz qolgan "Real"

2019 yili Madridliklarni Keylor Navas tark etdi va uning o‘rnini "Chelsi"dan transfer qilingan Tibo Kurtua egalladi. Bu bilan kosta rikalikning yo‘qligi bilintirilmadi. Lekin himoyachilar, jamoa afsonalariga aylangan Serxio Ramos va Rafayel Varanning o‘rnini bari bir ham tayinli hamda mashxur futbolchilar bilan to‘ldirilmadi. Alaba, Militao va Ryudiger avvalgi mudofaaning o‘rnini bosishga ancha qiynalishdi. Uzoq yillar davomida "Qirollik klubini" himoya qilgan yana bir himoyachi Marseloning o‘rnini Mendi va bu mavsumdan chap qanot himochsiga o‘tkazilgan Kamavinga bilan to‘ldirish ham muvaffaqiyatli bo‘lmadi. Kazemironing joynin esa Chuameni va Valverde egalladi. Asosan, Fede bu pozisiyada ancha o‘zini ko‘rsata oldi. 2024 yilda jamoadan ketishi aniq bo‘lgan Kroos va Modrichning yo‘qiligin kimlar bilan yopib ketilarkan? Shuningdek, Karvaxal va Hakimini rotasiya qilib ko‘rish variyanti ham yo‘q emasdi. Danining tinmasdan maydonga tushishi klubga zarar keltira boshladi. Jamoa dastlab, La Liga, so‘ngra Chempionlar Ligasida muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Benzema jarohat sabab bir necha muhim o‘yinlarni o‘tkazib yubordi. Karimning pozisiyasida Rodrigo hamda Vini o‘ynashga harakat qildi, ammo samara bermadi. Rodrigo markazga o‘tgach o‘ng qanotda Valverde paydo bo‘la boshladi.

 

Karim Benzema, Toni Kroos & Luka Modric contract latest: Carlo Ancelotti  offers positive update | Goal.com UK

Peres Karimdan 2024 yilning ziga qadar qolishini so‘radi, maqsad aynan o‘sha yilda Xolandni sotib olishi mumkin bo‘ladi. Mabodo, Mbappe Madridga kelmasa-yu, ammo Xoland kelib Karimning o‘rnin bossa, "Qirollik klubi"da yaxshigina avloldar almashinuvi yuz berishi mumkin. Endi o‘sha afsonaviy BBC triosi, Beyl, Benzema va Ronaldu yo‘q. Ular Messi, Neymar hamda Suarez uchligi kabi yaqin do‘st emasdir, ammo ulardan farqli ravishda natijalar ancha zo‘r. Dastlab, Ronaldu, keyin Beyl jamoadan birin-ketin ketishdi, lekin klubda Karim qoldi.

UEFA Champions League Final 2022 Highlights: Real Madrid beat Liverpool 1-0  to win record-extending 14th title | Sports News,The Indian Express

Endi chempion bo‘lish ancha qiyin bo‘ladi

Florentino Peres Saudiyaga taklif qilingan Benzema va Modrichsiz Chempionlar ligasi favoriti bo‘lmasligiga ruhan tayyorlanishi kerak.Balki, "Liverpul"ga qarshi finaldagi g‘alaba 10 yillikdagi oxirgisi bo‘lar. "Real Madrid" so‘nggi marta CHLni o‘z harakterini ko‘rsatib qo‘lga kiritdi. Ammo La Liga va boshqa turnirlardagi xatolarni Bellingem kabi yangi keladiganlar bilan yopish, albatta bir muddat vaqt talab qiladi.

Balki, hozir Modrich va Benzamani qo‘yib yuborish foydalidir. Agar Karim qolsa, "Real" hujumchi bilan shartnoma imzolaydi. Anchelotti Benzema bilan yuz berayotgan vaziyat haqida: "Ma’lum yoshgacha jamoa seni hurmat qilad degan fikrga Karim qo‘shilmasdi, shuningdek, u juda mag‘rur. Bu mag‘rurlik sabab, Benzema Frasiya termasi mrabbiyi Desham bilan yarashmagan holda Jahon chempionatini o‘tkazib yubordi.

Benzema calls Deschamps' liar over World Cup fitness claim

"Real Madrid" davrninng ham finali, yakuni bor. Peres ko‘pincha murabbiy tanlashda qo‘rqadi. U ayni paytda yangi murabbiy qidirmoqda va Anchelottining shatnoma borasidagi qarorini kutyapti. Ayrim futbolchilarni oli qolish hamda ketkazish borasida ham bir qarorga kelinmayapti. Modrich, Kroos, Benzema, Nacho va Sebalyoslar shular jumlasidan. Ularning shartnomasi iyun oyida tugaydi. Hozirda Peresning asosiy maqsadi Karim va Lukani jamoada yana ir mavsum olib qolish va ularning o‘rniga yaxshigina nomzod topish.

                                       PSG, Barcelona e Chelsea entram na disputa com Real Madrid por Endrick,  revela jornal

Endrik Benzemaning o‘rnini darhol egallay olmaydi

"Palmeyras"dan transfer qilingan 16 yoshli hujumchi hali-beri asosiy tarkibda o‘ynamaydi. Peres Neymarni boy berganidan so‘ng, braziliyaliklarga katta e’tibor beyapti. Ammo Endrik voyaga yetmaguncha Ispaniyaga kelolmaydi va klub sharafini himoya qilolmaydi. Bu yil 17 yoshini nishonlaydigan o‘smir, keyingi yil 18 ga kiradi va jamoaga keladi. Bo‘yi 173 santimetr bo‘lgan bu bolakayning o‘yinlari "Real"ga to‘g‘ri keladimi yoqmi buni vaqt ko‘rsatadi.

Harry Kane: Man Utd move takes leap forward with Rashford impacted and  salary offer, shirt No emerging

Ma’lum bo‘lishicha, Anchelotti Peresdan Xarri Keyn transferini ham so‘ragan. Angliyalik hujumchi uchun ham bu variyant ayni muddao, chunki Yevro-2024 ga yana bir yil bor va turnirga tayyogalik ko‘rish uchun zo‘r imkoniyat. Joriy mavsumda "Tottenxem"ning katta muammolariga qaramay, Keyn APLda 30 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. "Real" uchun Levandovskiga raqobat uyushtira oladigan ajoyib hujumchi.

Robert sezilarli darajada yoshi katta, ammo Xarri ham uncha yosh emas, u 30 yoshda. Kuboklarsiz charchagan klub hech bo‘lmaganda La Liga chempionligi uchun kurashishi mumkin. Chunki Xavi yangi mavsumdan boshlab "Barselona"ni CHLda yaxshiroq natija qayd etishga undaydi. Leva transferi uchun kurashda mag‘lub bo‘lgan Peres, Modrich va Beylni ulardan tortib olganini eslab biroz hotirjam bo‘ladi. Shuningdek, Azarni olib kelish ham jamoaga foyda keltirmadi.

Jude Bellingham: Why Real Madrid move would make 'perfect sense' - BBC Sport

Kimlar jamoaga kelishi deyarli aniq!

Modrich o‘rniga Bellingem, Benzema o‘rniga esa Keyn, Xavers, Vlaxovich va Gonsalo Ramush kabi variyantlar bor. Bu ro‘yxatda albatta Keyn favorit ko‘rinadi. Agar Keyn faoliyatini sovrinlarsiz yakunlashni xohlamasa, "Real"ga kelgani ma’qul. Belingem va Vinisius kabi yulduzlari bor jamoada u joyini topa oladi.

Vini Son kabi harakatlar qila oladi, Bellingem va Kroos Keynga golli paslar xadiya qiladi. Anchelltti ham Xarrining jamoada o‘ynab ketishiga ishonadi. Benzema va Modrich ketadigan bo‘lsa ham ularning zrni yetarlicha to‘ldiriladi.

Peres va Anchelotti tezroq bir varorga kelishlari kerak. Chunki, "Bavariya" hamda PSJ rahbarlari kabi markaziy hujumchi topmasa, attang deb qolishlari mumkin. Florentino hujumchilar uchun yaxshigina pul sarflashiga to‘g‘ri keladi. Vlaxovich yangi Yovich bo‘lib qolishi xavfi bor. Firmino ham variant, ammo qiyin. Agar Keyn rejasi o‘xshamasa, Lautaro Martinesga ov boshlanadi.

FA Cup final 2023: Erling Haaland can complete English football in a year

Ammo Xoland transferigacha Keynni sotib olish eng foydali variant bo‘lishi mumkin. Sovrinlarga chanqoq Xarri Madridga kelib ham yangi jamoasini torta oladi. Soqqadan muammosi yo‘q "Qirollik klubi" yozda kutilmagan qarorlar qabul qilishi kutilmoqda. Ko‘ramiz, kuzatamiz...

Manba: std.uz
Kiritildi: 23:41, 03.06.2023.
O'qildi: 7253 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.