Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/03 19:00 Dinamo - Metallurg
29/03 19:00 OKMK - Bunyodkor
29/03 19:15 Qizilqum - Lokomotiv

Benzemasiz "Real"ni tasavvur etib bo‘lmaydi

Benzemasiz "Real"ni tasavvur etib bo‘lmaydi

Baho:
+ | -

Naqadar ramziy! Hamma bir oydan beri Messining ketishi haqida gapiryapti: shayxlar nimani taklif qilmoqda va "Barselona" muxlislari nimalarni kutyapti... Benzema esa biroz soyada edi. Fransuz doimo boshqalarning soyasida qoladi - jamoadoshlari yoki raqiblari. Bu uning butun faoliyatida o‘z aksini topgan.

Stadion.uz o‘quvchilarining katta qismi Benzemani butun umri davomida faqat bitta klubda ko‘rgan. U "Real"ga 2009 yilda "Lion"dan kelgan. Qizig‘i shundaki, dastlab Fransiyani tark etishni istamagan. Hatto qolishga va’da bergan, lekin transfer baribir ham amalga oshdi. Shunda hujumchi uni nimalar kutayotganini bilib oladi. Uni kimlar kutmoqda edi? U shunchalik ko‘p yulduzlar bilan o‘ynadiki, boshi aylanib ketdi: Raul, Kasilyas, Kaka, Di Mariya, O‘zil, Marselo, Ramos, Ronaldu...

Benzema har doim foydali bo‘lib kelgan, u kam o‘yinda yaxshi harakat qilgan, ammo Ronaldu ketganidan keyin u jarima maydonchasi hujumchisi sifatida tiklangan. Faqat so‘nggi yillarda u to‘laqonli jamoa yetakchisiga aylandi.

"Oltin to‘p" - bu uning xizmatlarining asosiy e’tirofi. Agar terma jamoada Benzema umuman yaxshi o‘yin ko‘rsatmagan bo‘lsa, klubda u qo‘lidan kelganini qildi. O‘zini butunlay angladi. “Real Madrid” shunday yondashuvga ega ekanki, tajribali o‘yinchilar istalgan vaqtda ketishlari mumkin, demak, ayni dam to‘g‘ri kelgandek.

Yosh futbolchilar haqida ular kasbni emas, pulni tanlashlarini aytishganida ham tushunish mumkin. Garchi bu tanqidchilarning o‘zlari, ehtimol, bunday vaziyatda pulni tanlashadi. Benzemaning vaziyati tubdan boshqacha. U hamma narsaga erishdi va 35 yoshida Saudiya Arabistoniga pul ishlash uchun borishi mantiqan to‘g‘ri. Oddiy qilib aytganda u futbolga ko‘p narsa berdi va endi munosib taqdirlanadigan payt keldi.

Ronaldu haqiqatan ham radardan g‘oyib bo‘lganini ko‘ramiz. Ba’zida uning gollari, g‘alabalari va mag‘lubiyatlari haqida eshitamiz, lekin bundan ortiq emas. Benzema bilan ham xuddi shunday voqea sodir bo‘ladi, shekilli. Va bu achinarli. Biz uni va hatto uning timsoliga aylangan bog‘langan qo‘lini ham sog‘inamiz. Benzemaning ketishi juda muhim voqea. Usiz zamonaviy "Real Madrid"ni tasavvur etib bo‘lmaydi.

Kiritildi: 17:12, 04.06.2023.
O'qildi: 4048 marta.
Fikrlar: 17 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.