Diogu Koshta "Manchester Yunayted"ga o‘tishi mumkinligi haqida gapirdi.
Avvalroq ingliz klubi "Portu" darvozaboni uchun 75 million yevro to‘lashga tayyorligi haqida xabar berilgandi.
“Bu - internet. Sevimli klubimda o‘ynash baxt va sharafdir. Mening 2027 yilgacha shartnomam bor”, - deydi Koshta.
Darvozabon joriy mavsumda Portugaliya chempionatida “Portu” safida 33 ta o‘yinda maydonga tushib, 22 ta gol o‘tkazib yuborgan.