Joau Kanselu bir mavsumda ham Germaniya chempioni va ham Angliya chempioni bo‘ldi...
Portugaliyalik himoyachi «Manchester Siti» uchun 17 o‘yin o‘tkazdi, qishda esa ijara huquqi bilan «Bavariya»ga ko‘chib o‘tdi. Bundesligada 29 yoshli futbolchi 15 uchrashuvda masdonga tushdi, Dortmundning «Borussiya» klubi bilan oltin uchun «epik jang»da ishtirok etdi. Bir mavsumda ikkita milliy chempionat bosh sovrini - bu kamdan-kam uchraydigan yutuqdir. Quyida yana qaysi futbolchi bunday noyob natijaga erishganini eslab ko‘ramiz.
Ivisa OLICH - Xorvatiya chempioni 2002|2003 va Rossiya chempioni 2003
Hujumchi 2002 yilning yozida Zagrebning «Dinamo» klubiga o‘tdi. Olich Xorvatiya chempionati to‘purariga aylandi - 21 o‘yinda 16ta gol. «Dinamo» chempionlikni qo‘lga kiritdi, Ivisa esa yana bir chempionlik uchun Rossiyaga ketdi. Olich o‘sha paytda ligadagi eng qimmat transfer bo‘lgandi. Armiyachilar forvard uchun 5 million yevro to‘lashdi. Xorvat SSKAga RPLda birinchi oltin medalni qo‘lga kiritishiga katta yordam berdi: 10 o‘yinda ishtirok etib, 7ta gol urdi. 2005 va 2006 yillarda ham Ivisa klubiga yana ikki marta chempionlik nashidasini surishda yordam berdi, so‘ngra «Gamburg»ga yo‘l oldi. 2021 yilning bahorida Olich SSKAga bosh murabbiy sifatida qaytdi. Biroq, xorvat o‘z lavozimida uzoq vaqt qolmadi: iyun oyida klub bilan shartnomasini bekor qildi. Keyinchalik esa muvaffaqiyatsizlikda bosh direktor Roman Babayevni aybladi.
Devid Bekxem - MLS (2012), Fransiya (2012|2013)
Afsonaviy ingliz yarim himoyachisi futbolchilik faoliyatini chiroyli tarzda yakunladi. So‘nggi mavsumda Bekxem «Los-Anjeles Galaksi» bilan MLSda ketma-ket ikkinchi oltin medalni qo‘lga kiritdi, so‘ngra yarim yilga Parijga yo‘l oldi. «PSJ» bilan Devid Liga 1da ham g‘alaba qozondi: 10ta o‘yinda qatnashib, 2ta assist qayd etdi. Bekxem «Park De Prens»dagi so‘nggi uchrashuvini «Brest» bilan (3:1) chiroyli o‘tkazdi. 78-daqiqada uning o‘rniga Esekyel Lavessi maydonga tushadi. O‘sha lahzada ingliz afsonasi atrofini ikkala jamoa o‘yinchilari o‘rab olishadi, u esa ko‘z yoshlarini ushlab turolmadi. Bekxem muxlislar hayqirig‘i ostida bir necha daqiqa maydonda qolib ketdi. XXI asrning eng mashhur futbolchilaridan biri uchun ajoyib final.
Daniel Amarti - Daniya (2015|2016), Angliya (2015|2016)
Ganalik futbolchi «Kopengagen» tarkibida ikki yil o‘ynadi. Jumladan, 2015|2016 yilgi mavsumning birinchi qismini ham Amarti Daniya klubida o‘tkazdi. Poytaxt jamoasi mavsum yakunida chempionlikka erishdi. 2016 yilning yanvarida esa u sensasion tarzda APL g‘olibligini qo‘lga kiritgan «Lester»ga ko‘chib o‘tadi. Demak, afrikalik himoyachining ikkala klubi ham o‘z chempionatlarida oltin medalni qo‘lga kiritadi. «Lester» uchun Amarti atigi 5ta o‘yin o‘tkazdi (jami 100 daqiqa), ammo baribir medalni qo‘lga kiritdi. Daniel hamon «tulkilar» safida o‘ynaydi, ammo jamoasi kelasi mavsum Chempionshipda ishtirok etadigan bo‘ldi.
Leandro Paredes - Rossiya (2018|2019), Fransiya (2018|2019)
Ro‘yxatdagi yana bir RPLda o‘ynagan futbolchi. Paredes «Zenit» asosiy tarkibidan muqim o‘rin egallaydi. Argentinalikyarim himoyachining mahoratiga Yevropaning top-klublaridan biri «PSJ» qiziqib qoladi. Paredes ham fransuz grandi taklifini rad etolmadi, «Zenit» esa mo‘may daromaddan qocholmasdi. Peterburgliklar Leandroni 23 million yevroga sotib olishgandi va 40 million yevroga pullashdi - ajoyib biznes! «PSJ»da Paredes tezda boshlang‘ich o‘yinchiga aylandi va klubga Liga 1da oltin medalni qo‘lga kiritishga yordam berdi. Shu bilan birga, «Zenit» argentinalik sotuvdan tushgan pulga kuchaydi (Vilmar Barrios, Sardor Azmun va Yaroslav Rakiskiylarni sotib oldi) va Rossiya chempioni bo‘ldi. Bir mavsumda ikkita oltin medal - Leandroni xursand qilmay quymaydi, har holda.
Takumi Minamino - Avstriya (2019|2020), Angliya (2019|2020)
Yaponiyalik vinger «RB Zalsburg»da uzoq vaqt davomida o‘ynagan, 2019|2020 yilgi Chempionlar Ligasida esa chindan ham porlagandi. Avstriyaliklar «Liverpul» bilan «Enfild»dagi o‘yinda raqibni ko‘p asabiylashtirgandi. To‘g‘ri, mezbonlar 4:3 hisobida g‘alaba qozonishdi, ammo Minamino mersisaydliklarni har soniyada hushyorlikda turishga majbur etdi. Va o‘yindan uch oy o‘tib, yapon iqtidori «Liverpul»ga keldi. Inglizlar o‘sha yili 30 yil kutilgan chempionlikni tantana qilishadi. Shu bilan birga, «RB Zalsburg» Avstriyada navbatdagi chempionlikni rasmiylashtirdi.
Alvaro Odriosola - Ispaniya (2019|2020), Germaniya (2019|2020)
Zaxira futbolchisining bir mavsumda ikkita top-klub tarkibida chempion bo‘lishi - bu yorqin voqea. Odriosola hech qachon «Real»ning muhim o‘yinchisi hisoblanmagan. 2019|2020 yilgi mavsumning birinchi qismida u La Ligada atigi 4ta uchrashuv o‘tkazdi. 2020 yilning yanvar oyida Alvaroni «Bavariya» ijaraga oldi. Bundesligada Odriosola bundan ham kamroq o‘ynadi - 3ta. Ammo bu unchalik muhim emas, chunki natijada himoyachi bir mavsumda ham Ispaniya, ham Germaniya chempioni bo‘ldi. Shuningdek, 2019|2020 yilgi mavsumda Odriosola «Real» bilan Ispaniya Superkubogi, «Bavariya» bilan esa Germaniya Kubogi va Chempionlar Ligasini ham qo‘lga kiritdi. Muvaffaqiyatli segment!
A.ABDUVALIXO‘JAYEV tayyorladi