Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino 4-1 Parma
14/03 01:00 Alaves 1-1 Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona 3-0 Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter 1-1 Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend 0-1 Brayton
14/03 20:00 Byornli 0-0 Bornmut
14/03 20:15 Atletiko 1-0 Xetafe
14/03 22:00 Napoli - Lechche
14/03 22:30 Chelsi - Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal - Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo - Valensiya
15/03 00:45 Udineze - Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem - Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid - Elche
15/03 16:30 Verona - Jenoa
15/03 18:00 Malyorka - Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted - Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas - Lids
15/03 19:00 Piza - Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo - Bolonya
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta
16/03 00:45 Lasio - Milan
16/03 01:00 Real Sosyedad - Osasuna

«Real» o‘z an’anasiga qarshi borib, yozda 2 nafar yoshi 30 dan oshgan futbolchini sotib olishi mumkin

«Real» o‘z an’anasiga qarshi borib, yozda 2 nafar yoshi 30 dan oshgan futbolchini sotib olishi mumkin

Baho:
+ | -

Karim Benzema “Real”ni tark etgach, Madrid klubining markaziy hujum chizig‘ida yangi futbolchi paydo bo‘lishi deyarli aniq bo‘ldi.

Ko‘plab OAV “Tottenhem” forvardi Harri Keynning sotib olinishi haqida xabar tarqatmoqda. Shuningdek, Madrid jamoasi “Espanyol” vakili Xoseluga rotasiyabop hujumchi sifatida qaramoqda.

Shu tariqa “Real” bitta transfer oynasida bir yo‘la ikki nafar 30 va undan katta yoshli futbolchi bilan shartnoma imzolashi mumkin. Bu Madrid jamoasi uchun noodatiy holat hisoblanadi.

2000 yildan shu vaqtga qadar “Qirollik klubi” faqat uch marta 30 yoshdan katta futbolchini jamoaga jalb qilgan va ularning barchasi turli transfer oynasida kelgan.

2007 yilda “Real” darvozabon Yeji Dudek bilan shartnoma imzolaydi. 34 yoshli futbolchi o‘sha vaqtda erkin agent maqomida edi.

2010 yilda ispan klubi 32 yoshli Rikardu Karvalyuni sotib oladi. Transfer uchun “Chelsi”ga 8 million yevro to‘lab beriladi.

2012 yilda esa “Madrid” Diyego Lopesni o‘z safiga qo‘shib oladi. 31 yoshli darvozabon erkin agent sifatida kelgan va keyinroq Iker Kasilyasdan asosiy posbon maqomini olib qo‘ygandi.

“Real” prezidenti Florentino Peres kamdan kam hollarda 30 yoshdan katta bo‘lgan futbolchilarga ishonch bildiradi. “Real”da tarkibdagi 30+ yosh futbolchilar bilan hatto u yulduz bo‘lsa ham 1 mavsumdan ortiq muddatga shartnoma tuzilmasligi borasida yozilmagan qoida borligi ham buning isboti.

To‘g‘ri, Keyn ayni vaqtda 29 yoshda, biroq iyul oyida tug‘ilgan futbolchi “Real” kelgunga qadar 30 lik dovonni zabt etishi deyarli aniq. 2009 yilda “Real”da omadi chopmagan va mavsum davomida bor-yo‘g‘i ikkita o‘yinda maydon tushgan Xoselu esa ayni vaqtda 33 yoshda.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 18:01, 07.06.2023.
O'qildi: 6046 marta.
Fikrlar: 14 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.