Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/09 00:00 Sevilya 1-0 Valensiya
12/09 17:00 Rasing 2-1 Alaves
12/09 18:00 Jenoa 1-1 Frozinone
12/09 19:00 Bornmut 2-2 Brentford
12/09 19:00 Aston Villa 1-2 Nottingem Forest
12/09 19:00 Chelsi 2-2 Xall Siti
12/09 19:00 Kristal Pelas 2-3 Ipsvich
12/09 19:00 Liverpul 0-0 Fulhem
12/09 19:15 Osasuna 0-2 Espanyol
12/09 21:00 Lasio 2-2 Milan
12/09 21:30 Atletik Bilbao 1-1 Elche
12/09 21:30 Tottenhem 0-0 Everton
12/09 23:45 Atalanta 1-2 Kalyari
13/09 00:00 Real Madrid 4-1 Rayo Valyekano
13/09 00:00 Sanderlend 0-2 Arsenal

«Vest Xem» «Fiorentina»ni mag‘lub etib, Konferensiyalar ligasi g‘olibiga aylandi

«Vest Xem» «Fiorentina»ni mag‘lub etib, Konferensiyalar ligasi g‘olibiga aylandi

Baho:
+ | -

Yevropa Konferensiyalar ligasi finalida “Vest Xem” va “Fiorentina” 7 iyun, chorshanba kuni o‘zaro bahs olib bordi.

Uchrashuvning birinchi bo‘limida 0:0 hisobi qayd etildi. Ikkinchi bo‘limda esa inglizlar faolroq harakat qilishni boshladi va 62-daqiqada penalti ishladi. Said Benrahma penaltini aniq amalga oshirdi. Oradan 5 daqiqa o‘tib, Jakomo Bonaventura muvozanatni tikladi. O‘yin so‘ngida esa Jarred Bouen “bolg‘achilar”ga g‘alaba keltiruvchi gol muallifiga aylandi.

Shu tariqa “Vest Xem” Konferensiyalar ligasi g‘olibiga aylandi. Ingliz jamoasi ushbu turnirda zafar quchgan ikkinchi klubga aylandi. 2021/22 yilgi mavsumda “Roma” Konferensiyalar ligasining ilk chempioni bo‘lgandi.

Konferensiyalar ligasi, Final
7 iyun, chorshanba
“Fiorentina” Italiya – “Vest Xem” Angliya 1:2
Gollar: 0:1 – 62 Benrahma (penalti), 1:1 – 67 Bonaventura, 1:2 – 90 Bouen.
“Fiorentina”: Terrachchano, Dodo, Milenkovich, Raneri (Igor Julio, 84), Biragi, Bonaventura, Amrabat, Mandragora (Barak, 90), Gonsales, Yovich (Artur, 46), Kuame (Saponara, 62).
“Vest Xem”: Areolya, Soufal, Zuma (Kerer, 61), Agerd, Emerson, Souchek, Rays, Lukas Paketa, Benrahma (Fornals, 76), Bouen, Antonio (Ogbonna, 90).
Ogohlantirishlar: Benrahma (31), Agerd (53), Mandragora (66), Dankan (68), Milenkovich (75), Amrabat (85), Bouen (90).

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 05:24, 08.06.2023.
O'qildi: 23262 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик