Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/03 00:30 Bornmut 0-0 Brentford
04/03 00:30 Everton 2-0 Byornli
04/03 00:30 Lids 0-1 Sanderlend
04/03 01:15 Vulverhempton 2-1 Liverpul
04/03 18:45 Qo‘qon-1912 1-2 Paxtakor
04/03 19:15 Qizilqum 2-1 Andijon
04/03 23:00 Rayo Valyekano 3-0 Real Ovyedo
05/03 00:30 Aston Villa 1-4 Chelsi
05/03 00:30 Fulhem 0-1 Vest Xem
05/03 00:30 Brayton 0-1 Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti 2-2 Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl 2-1 Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor 0-1 Buxoro
05/03 19:15 Mash’al 0-2 Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon 0-3 Neftchi
06/03 01:00 Tottenhem - Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor - Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona - Nasaf
06/03 19:30 Xorazm - OKMK

Martines: «Inter» Chempionlar ligasi kubogini Milanga qaytara oladi»

Martines: «Inter» Chempionlar ligasi kubogini Milanga qaytara oladi»

Baho:
+ | -

«Inter» hujumchisi Lautaro Martines «Manchester Siti»ga qarshi bo‘ladigan Yevropa chempionlar ligasi final bahsi oldidan o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Chempionlar ligasi finali va jahon chempionati finali futbol olamidagi ikkita eng muhim uchrashuvlar hisoblanadi. Futbolkalar o‘zgargan bo‘lsa-da hissiyotlar o‘sha-o‘sha. Biz jamoamizning sa’y-harakatlari evaziga finalgacha yetib keldik. Jamoa ajoyib mehnat qildi. Endi eng muhimi — maqsadga erishish. Buning uchun oxirgi qadam qoldi.

«Manchester Siti» — chaqilmas yong‘oq ekanini bilamiz. Ular safida kuchli o‘yinchilar bor, ammo «Siti» jamoa sifatida yaxshi harakat qiladi. Bu o‘yinga yaxshi tayyorgarlik ko‘rdik. Endi buni maydonda isbotlash kerak. Joriy mavsum men uchun zo‘r o‘tmoqda. Bundan juda xursandman. Umid qilaman, mavsumni yuqori notada yakunlaymiz.

Biz oson bo‘lmagan guruhga tushgandik, ammo o‘z vazifamizni yaxshi bajardik. Sa’y-harakatlarimiz va sidqidildan qilgan mehnatlarimiz evaziga hal qiluvchi o‘yingacha yetib keldik. Mas’uliyatni his etyapman va har kuni o‘rganishga harakat qilyapman. Barchamiz birgalikda tayyor bo‘lamiz.

Sovrinni Milanga qaytarishga kuchimiz yetadi. Bunga ishonamiz. Bu orzu. Katta va ulkan orzu. Bu bosqichga yetib kelguncha ozmuncha kuch sarflamadik. Finalda xarakter namoyish etib, chin yurakdan o‘ynab, g‘alabaga bo‘lgan iroda namoyish etib, sovrinni yutishimiz kerak», — dedi Martines UYEFA matbuot xizmatiga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, «Manchester Siti» — «Inter» o‘yini bugun — 10 iyun kuni Toshkent vaqti bilan 00:00da boshlanadi.

Manba: sport24.ru
Kiritildi: 10:34, 10.06.2023.
O'qildi: 1645 marta.
Fikrlar: 11 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.