"Manchester Siti" xo‘jayini Shayx Mansur bin Zoid Al Nahayon Istanbulda "Inter"ga qarshi Chempionlar ligasi final uchrashuviga tashrif buyuradi, deb xabar beradi Sporting News.
52 yoshli tadbirkor 2008 yildan beri “Siti”ning egasi hisoblanadi.
Bugun, 10 iyun kuni Chempionlar ligasi finali “Manchester Siti” – “Inter” uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 23:59 da boshlanadi.