Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

Denis Korostichenko: «Pro liganing ikkinchi davrasi hozirgidan ham kuchli bo‘lishi mumkin»

Denis Korostichenko: «Pro liganing ikkinchi davrasi hozirgidan ham kuchli bo‘lishi mumkin»

Baho:
+ | -

"Lokomotiv" bosh murabbiyi Denis Korostichenko Pro liga 11-turi doirasida «Navbahor-Farm»ga qarshi bo‘lib o‘tgan uchrashuv (1:0) borasida o‘z fikrini bildirib o‘tdi.

— Ilk navbatda, barchani g‘alaba bilan tabriklayman. Nihoyat, birinchi davrani yakunladik. Kutganimizdek, davrani birinchi o‘rinda tugatdik. Bugungi o‘yinda ilk daqiqadayoq gol urildi. Albatta, bu holatdan keyin yanada ko‘proq gollar urib olishimiz mumkin edi. Biroq raqib o‘zini ko‘rsata oldi va biz bilan yaxshi o‘yin ko‘rsatdi. Yana bir marta aytaman «Yunired», «Navbahor-Farm» kabi jamoalar futbol o‘ynashga harakat qilishmoqda. Balki chiroyli emasdir, ammo ular to‘g‘ri yo‘nalishda ishlashmoqda. Raqibga bosim uyushtirishga harakat qilishyapti, paslar o‘ynashmoqda. Himoyada yotib olib, natijani ushlab qolish uchun o‘ynashmayapti. Bugun ikki tomonga ham to‘p juda ko‘p bordi, ikki darvoza oldida vaziyatlar bo‘ldi. Natijada futbolchilar tezda charchab qolishdi. Balki shu sabablidir, o‘yin oxirigacha bosimga boy o‘yin bo‘ldi. «Navbahor-Farm»da ham yaxshi imkoniyatlar yuzaga keldi, biz ham hisobdagi farqni oshirishimiz mumkin bo‘lgandi. Darvozabonimiz ham ishonchli o‘yin namoyish qildi. Balki kichik hisobdadir, ammo natijani qo‘lga kiritdik. Barchaga rahmat aytaman. Yigitlar oxirigacha harakat qilishdi va davrani g‘alaba bilan yakunlashdi.

— Birinchi davra yakunlandi, kelgusi rejalar qanday bo‘ladi?
— Hozir biroz dam olamiz va keyinchalik yigitlar individual mashg‘ulotlarni boshlaydi. Futbolchilarga maxsus dastur taqdim qilingan, ular shu yo‘sinda ta’tilda tayyorlanib borishadi. Keyin esa Toshkentda yig‘inlarni boshlab, 10-12 kunlik mashg‘ulotlardan keyin tog‘da yig‘inlarni davom ettiramiz. U yerdan qaytib, ikkinchi davraga tayyorgarlikni o‘zimizda olib boramiz.

— Fikringizcha, ikkinchi davra qanday o‘tadi?
— Menimcha, ikkinchi davra hozirgidan ham kuchli bo‘lishi mumkin. Chunki ko‘p jamoalar transferlar oynasi vaqtida tarkibini kuchaytiradi. Barcha jamoalar bir-biri bilan o‘ynab oldi va raqiblarining qanday holatda ekanligini bildi. Endi ular barchasini hisobga olgan holda ikkinchi davraga ko‘proq kuch tashlaydi. Biz esa bo‘shashmasligimiz va oxirigacha shu zaylda ishlashimiz kerak.

— Ikkinchi davradan oldin tarkibda ketadigan-keladigan futbolchilar bo‘ladimi?
— Hozircha biz bu borada ishlayapmiz va tarkibga olib kelinishi mumkin bo‘lgan futbolchilarni kuzatyapmiz. Tarkibdagi futbolchilar bizni qoniqtirmoqda. Masalan, biz tarkibga faqatgina mahalliy futbolchilarni olib kelishimiz mumkin. Chunki legionerlar limitidan to‘laqonli foydalanganmiz va ularning tarkibda qolishi aniq. Ketadiganlar yo‘q. Ko‘ramiz, balki ikkinchi davrada bir qancha o‘zgarishlar bo‘lar.

— O‘yindan tashqari savol: bugun YECHL finali bo‘ladi va qaysi jamoaga muxlislik qilasiz, qaysi jamoaning yutishini istaysiz?
— Aytish qiyin. Menimcha, favorit "Manchester Siti" bo‘ladi. Chunki jamoa juda yuqori darajadagi o‘yinni namoyish qilmoqda. Balki, ayni damda dunyoning eng yaxshilaridan biridir. Biroq «Inter» ham yaxshi tarkibga ega. Bu final. Hech kim osonlikcha g‘alaba qozona olmaydi. Final uchun jamoalar yaxshi kayfiyatda tayyorlanadi. Qiziqarli o‘yin bo‘ladi. «Siti» g‘alaba qozonsa kerak deb o‘ylayman, biroq «Inter»ning g‘alabasini istayman.

Manba: lokomotiv.uz
Kiritildi: 00:55, 11.06.2023.
O'qildi: 1226 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.