Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

«Navbahor» nazorat bahsida yirik hisobda g‘alaba qozondi

«Navbahor» nazorat bahsida yirik hisobda g‘alaba qozondi

Baho:
+ | -

Xabaringiz bor, FIFA kunlari munosabati bilan ayni paytda Coca Cola Superligasida tanaffus yuzaga kelgan.

Mazkur tanaffus paytida futbolchilar jismoniy holatlarini ushlab turishlari uchun «Navbahor» murabbiylar shtabi bir qator nazorat bahslari o‘tkazishni rejalashtirishgan. Shunday o‘yinlardan dastlabkisi kecha Pro liga vakili “Andijon-SGS”ga qarshi o‘tkazildi.

Ushbu bellashuvda tajriba o‘z so‘zini aytib, Samvel Babayan shogirdlari yirik – 3:0 hisobida g‘alaba qozonishdi.

Uchrashuv borasida to‘xtaladigan bo‘lsak, mehmonlarning kam sonli qarshi hujumlarini hisobga olmasak, tashabbus asosan “lochinlar” tarafida bo‘ldi va ta’kidlagnimizdek, bu yakuniy hisobda ham o‘z aksini topdi.

Ilk daqiqalardanoq ustunlikni o‘z qo‘liga olishga intilgan mezbonlar andijonliklar darvozasi oldida bir qator xavfli vaziyatlarni yuzaga keltira boshlashdi. Shunday hujumlarning birida tajribali hujumchi Temurxo‘ja Abduxoliqovning jarima maydonchasi ichidan yo‘llagan zarbasini “Andijon-SGS” darvozaboni Javohir Qilichev qaytarishga muvaffaq bo‘lgan bo‘lsa, yana bir vaziyatda Abrorbek Ismoilovning zarbasidan so‘ng, darvozaga kirib ketayotgan to‘pni mehmonlar himoyachisi qaytardi.

Shuningdek, mehmonlarning qarshi hujumida jamoamiz darvozaboni Ozodbek Ma’rupov ham to‘pni qaytarishga muvaffaq bo‘ldi.

“Lochinlar”ning hujumlari nihoyat, uchrashuvning 15-daqiqasida o‘z samarasini berib, hisob ochildi. O‘sha vaziyatda Temurxo‘ja Abduxoliqovning raqib jarima maydonchasi ichidan darvozaga boshi bilan yo‘llagan zarbasidan so‘ng, to‘p darvoza to‘siniga tegib. yana Temurxo‘janing o‘ziga qaytdi. Bu safar esa Abduxoliqovning zarbasidan so‘ng, to‘p andijonliklar himoyachisiga tekkan holda, darvoza to‘ridan joy oldi – 1:0.  

Shuningdek, 1-bo‘lim davomida «Navbahor»ning mahoratli yarim himoyachisi Muzaffarxon Mo‘minovning zarbasidan so‘ng, to‘pni mehmonlar posboni Javohir Qilichev qaytarganligini ham e’tirof etish joiz.

Natijada Samvel Babayan shogidlari tanaffusga 1:0 hisobidagi g‘alaba bilan chiqib ketishdi.

Ikkinchi bo‘limni ham hujumkor ruhda boshlagan mezbonlar andijonliklar darvozasi oldida bir qator xavfli vaziyatlarni uyushtira boshlashdi. Shunday hujumlar asnosida, Asadbek Sobirjonov va Abrorbek Ismoilovning zarbalaridan so‘ng, to‘pni mehmonlar posboni Javohir Qilichev qaytarishga muvaffaq bo‘ldi.

“Lochinlar”ning navbatdagi hujumi esa “Andijon-SGS” darvozasiga penalti belgilanishi bilan yakun topdi. O‘sha vaziyatda jamoamizning tinib-tinchimas yarim himoyachisi Asadbek Sobirjonovni mehmonlar o‘z jarima maydonchasi ichida qo‘pollik ishlatib, to‘xtatib qolishdi. Natijada uchrashuv bosh hakami Isroiljon Imomnazarov andijonliklar darvozasiga 11 metrli jarima zarbasi belgiladi. Penaltini Temurxo‘ja Abduxoliqov aniq amalga oshirib, o‘z “dubl”ini amalga oshirgan holda, hisobdagi farqni oshirdi -2:0.

Oradan 3 daqiqa o‘tar-o‘tmas, zaxiradan maydonga tushirilgan futbolchilarning sa’y-harakatlari biln hisob yirik ko‘rinish oldi.

O‘sha vaziyatda Abrorjon Abdurazzoqovning chap qanotdan raqib jarima maydonchasi ichiga yetkazib bergan to‘pini Asadbek Jo‘raboyev darvozaga aniq yo‘llagan holda, yakuniy hisobning yirik – 3:0 ko‘rinish olishini ta’minladi.

O‘rtoqlik o‘yini
“Navbahor” – “Andijon-SGS” – 3:0 (1:0)
Namangan. “Markaziy” stadioni. 157 tomoshabin.
Hakamlar: Isroiljon Imomnazarov, Azizbek Zokirov, Boburbek Ibragimov.
Gollar: Temurxo‘ja Abduxoliqov (15, 58-pen.), Asadbek Jo‘raboyev (61).
“Navbahor”: 41.Ozodbek Ma’rupov, 6.Ibrohim Yo‘ldoshev, 9.Farrux Ikromov, 17.Abrorbek Ismoilov, 20.Muzaffarxon Mo‘minov, 21.Temurxo‘ja Abduxoliqov, 22.Igor Golban, 23.Yovan Jokich, 24.Davronbek Hoshimov, 27. Shahboz Jo‘rabekov, 77.Asadbek Sobirjonov.
Zaxiradan maydonga tushganlar: 19.Ozodbek Sharipov, 49.Bunyodbek Rahimov, 55.Asadbek Jo‘raboyev, 56.Abror Karimov, 62.Kamronbek Ne’matjonov, 96.Usmonali Abdukarimov, 97.Abrorjon Abdurazzoqov, 98.Davronbek Olimjonov.
“Andijon-SGS”: 12.Javohir Qilichev, 4.Fayzullo Nurmuhammadov, 6.SHohjahon Yorqinboyev, 7.Omadjon Tursunaliyev, 10.Hamidillo Karimov, 17.Zayniddin Hamraboyev, 18.Dilmurod Abduqahhorov, 20.Akbarxo‘ja No‘’monxo‘jayev, 27.Abdushukur Mahammatov, 30.Abubakr Mo‘ydinov, 67.Otabek Mo‘minov.
Zaxiradan maydonga tushganlar: 32.Abdumalik Nurmuhammadov, 9.Azizbek Usmonov, 11.O‘ktam Abdumalikov, 22.Abdumutalib Rejabbayev.

“Navbahor” PFK matbuot xizmati.

Manba: www.pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 09:26, 11.06.2023.
O'qildi: 1187 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.