Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/03 00:45 Udineze 3-0 Fiorentina
03/03 01:00 Real Madrid 0-1 Xetafe
04/03 00:30 Bornmut 0-0 Brentford
04/03 00:30 Everton 2-0 Byornli
04/03 00:30 Lids 0-1 Sanderlend
04/03 01:15 Vulverhempton 2-1 Liverpul
04/03 18:45 Qo‘qon-1912 1-2 Paxtakor
04/03 19:15 Qizilqum 2-1 Andijon
04/03 23:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
05/03 00:30 Aston Villa - Chelsi
05/03 00:30 Fulhem - Vest Xem
05/03 00:30 Brayton - Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti - Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl - Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor - Buxoro
05/03 19:15 Mash’al - Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon - Neftchi

Rashidjon G‘ofurov: «Lokomotiv» hech qachon o‘z maydonida himoyada o‘ynamaydi, ammo biz shunga majbur qildik»

Rashidjon G‘ofurov: «Lokomotiv» hech qachon o‘z maydonida himoyada o‘ynamaydi, ammo biz shunga majbur qildik»

Baho:
+ | -

Pro liganing 11-turidan o‘rin olgan “Lokomotiv” – “Navbahor-farm” (1:0) jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvdan keyingi matbuot anjumanining birinchi qismida farm mehmonlar ustozi Rashidjon G‘ofurov ishtirok etib, OAV xodimlarining savollariga javob berdi.

— Ilk daqiqada o‘z darvozasidan to‘p olib chiqqanligini hisobga olmasak, “Navbahor-farm” qolgan vaqt davomida jangovar o‘yin namoyish etdi...
— Ushbu uchrashuvdan oldingi ko‘rsatmada yigitlarga: “Mezbonlar dastlabki 15 daqiqada bor kuchlarini ko‘rsatishga harakat qilishadi, shunga chidab bersak, uyog‘iga o‘yin tenglashadi”, degandim. Afsuski, tezkor gol bahs taqdirini hal qildi. Biroq yigitlar tezda o‘zlariga kelishdi. Futbolchilarimga e’tirozim yo‘q. Birinchi o‘rindagi va 7-o‘rindagi jamoalar o‘rtasidagi bahsda o‘yin sifatida katta farq bilinmadi. Doim shunaqa, chiroyli o‘yin ko‘rsatamiz, biroq natijani raqib ilib ketadi. Ikkinchi davrada hammasi o‘nglanadi, deb o‘ylayman.

— “Lokomotiv”ning 2-bo‘limda himoyaviy o‘yin namoyish etishini kutganmidingiz?
— “Lokomotiv” hech qachon o‘z maydonida himoyada o‘ynamaydi, ammo biz shunga majbur qildik. G‘alaba qozonmagan bo‘lsakda, yigitlardan juda mamnunman. “Temiryo‘lchilar”ga e’tirozim yo‘q, ular nega turnir jadvalida 1-o‘rinda ekanliklarini isbotlashdi.

— “Navbahor-farm”ning vazifa va maqsadlari nimalardan iborat?
— Maqsadimiz – “Navbahor”ning asosiy jamoasiga futbolchilar yetishtirib berish. Chunki tarkibimiz mahalliy futbolchilardan tashkil topgan. Bunday jamoalar kam emas, yo‘q bo‘lsa kerak.

— Jamoa har o‘yinda oxirigacha kurash olib boradimi?
— Albatta. Yigitlarda bosim yo‘q, ular o‘z kuchlarini namoyish etish uchun harakat qilishadi. Zo‘rg‘a yutib, kelasi bahsda nima qilarkanmiz, deyishdan ko‘ra, chiroyli o‘yin ko‘rsatib, mag‘lub bo‘lgan yaxshi.

— Ayni damda siz uchun natija muhimii yoki chiroyli o‘yin?
— Aslida natija muhim. Ammo pala-partish o‘yin bilan natijaga erishib bo‘lmaydi. Bitta bahsda yutarsiz yoki ikkita. Biroq keyinchi? Hozir chiroyli o‘yinga erishib, ikkinchi davrada natijalarni ijobiy tomonga o‘zgartirmoqchimiz. Yigitlardan umidim katta. Ular o‘zlarini ko‘rsata olishyapti. Kuni kelib,  bu o‘yin o‘z mevasini beradi.

“Navbahor” PFK matbuot xizmati.

Manba: www.pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 10:02, 11.06.2023.
O'qildi: 1207 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.