Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/01 00:45 Inter 1-0 Lechche
15/01 22:30 Verona 2-3 Bolonya
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya - Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam - BAA
17/01 00:45 Piza - Atalanta
17/01 01:00 Espanyol - Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal

Chempionlar ligasi finalidan keyingi raqam va faktlar

Chempionlar ligasi finalidan keyingi raqam va faktlar

Baho:
+ | -

Yevropa Chempionlar Ligasining final uchrashuvida “Manchester Siti” Turkiyaning Istanbul shahrida “Inter”ni 1:0 hisobida mag‘lub etdi. “Daryo” final o‘yiniga oid statistika va rekordlarni bitta sahifaga jamladi.

“Manchester Siti” o‘z tarixida ilk bor YECHL/ECHK g‘olibligini qo‘lga kiritdi va ikkinchi Yevrokubokka ega chiqdi. “Shaharliklar” 1970 yilda Kubok egalari Kubogida g‘olib chiqqandi.

Tarixda birinchi marta bir mavsumda Yevrokuboklar finallariga yetib kelgan uch italyan klubi ham mag‘lub bo‘ldi. 2022/23 yilgi mavsumda “Inter”gacha Yevropa Ligasida “Roma”, Konferensiyalar Ligasi finalida “Fiorentina” mag‘lub bo‘ldi.

Chempionlar Ligasidagi g‘alabasi bilan “Manchester Siti” treblga erishdi va bunday natija qayd etgan sakkizinchi klub bo‘ldi. Bundan avval jamoa APL va Angliya Kubogida g‘olib chiqqandi. Ingliz klublaridan faqat “Manchester Yunayted” (1998/1999) bunday natijaga erishgandi.

“Manchester Siti” futbolchisi Erling Holand jamoadagi debyut mavsumida 53 o‘yinda ishtirok etib, 52 ta gol urdi va uchta sovringa ega chiqdi.

Shuningdek, u bir mavsumda ham milliy chempionatda, ham Chempionlar Ligasida g‘olib chiqib, ikkala musobaqada ham to‘purar bo‘lgan ikkinchi futbolchiga aylandi. Avvalroq bunday natijaga Krishtianu Ronaldu erishgandi.

“Shaharliklar” futbolchisi Xulian Alvares bir mavsumda ham trebl yutgan, ham Jahon Chempionatida g‘olib chiqqan birinchi futbolchiga aylandi. Shuningdek, u mundial, Chempionlar Ligasi va Angliya Premyer Ligasida g‘alaba qozongan eng yosh futbolchi bo‘lib, Xerard Pikening rekordini yangiladi.

“Manchester Siti” darvozaboni Skott Karson ikki xil ingliz klubi bilan Chempionlar Ligasida g‘olib chiqqan ikkinchi futbolchiga aylandi. Bungacha darvozabon 2004/05 yilgi mavsumda “Liverpul” bilan YECHLni qo‘lga kiritgandi.

“Manchester Siti” murabbiyi Pep Gvardiola ikki jamoa bilan Chempionlar Ligasida g‘olib chiqqan oltinchi murabbiyga aylandi. Ispaniyalik mutaxassis avvalroq “Barselona” bilan ushbu musobaqani yutgandi. Ungacha Ernest Happel, Ottmar Hisfeld, Joze Mourinyo, Yupp Haynkes, Karlo Anchelotti bu natijaga erishgan. Shuningdek, Gvardiola Yevropa futbolida ikki marta treblga erishgan birinchi murabbiy bo‘ldi.

Gvardiola YECHL/ECHK bosh sovrini qo‘lga kiritish bo‘yicha (3 marta) Bob Peysli va Zinedin Zidaning natijasini takrorladi. Faqat Anchelotti (4) ulardan oldinda.

Riyod Mahrez YECHL/ECHKda g‘olib chiqqan tarixdagi ikkinchi jazoirlik futbolchi bo‘ldi. Bunga qadar 1987 yilda Raba Majir “Portu” safida ushbu sovringa ega bo‘lgandi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 14:44, 11.06.2023.
O'qildi: 3952 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.