Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo - Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

Chindan ham, «Qirol Kazu»!

Chindan ham, «Qirol Kazu»!

Baho:
+ | -
Bo'lim: OSIYO / Futbolchilar
Rukn: Yangiliklar

Jahon futbolidagi eng yoshi katta professional Kazuyoshi Miura 22 aprel kuni davomiy faoliyat yo‘lini yana bir voqelik bilan boyitdi.

Ya’ni «qarimas» «Qirol Kazu» Portugaliya chempionati Ikkinchi divizionida debyut o‘yinini o‘tkazib, o‘z rekordini yangiladi. Oddiy aytganda, yaponiyalik hujumchi 56 yoshu 55 kunligida o‘zining hisob bo‘yicha 16-klubi o‘yinida maydonga tushdi. Qoyilmaqom ko‘rsatkich!

Yaponiyalik «otaxon» futbolchi «Oliveyrense» klubi safiga joriy yil fevral oyida ijara kelishuvi asosida qo‘shilgandi. O‘rtadagi shartnoma mavsum yakuni - yozgacha amalda bo‘ldi. «Oliveyrense» Kazuyoshi uchun 16-klub hisoblanadi. Yaponiya futboli faxri bunga qadar 11ta mahalliy va 4ta xorijiy jamoa safida o‘ynagandi. Xususan, legioner maqomida Braziliya, Xorvatiya, Italiya va Avs­traliya klublarida faoliyat yuritgan. 

Yangi natijasiga kelsak, «Qirol Kazu» «Oliveyrense»ning «Akademiko Vizeu»ga qarshi o‘yinida zaxiradan safga qo‘shildi. U shu tariqa nafaqat o‘z rekordini yangiladi, balki Portugaliya futbolida maydonga tushgan eng yoshi katta o‘yinchi bo‘ldi. Eslatma, Kazuyoshi 2017 yilning fevral oyida 50 yoshu 7 kunligida «Yokogama»ning «Masumoto Yamagi» bilan o‘yinida qatnashish asnosida angliya­lik Stenli Metyuzga tegishli jahon rekordi- (50 yoshu 5 kunlik)ni yangilagan va professional darajada faoliyat olib borayotgan eng yoshi katta futbolchiga aylangan edi. «Qancha ko‘p vaqt o‘ynashimni bilmayman. Ehtimol, ertaga faoliyatimga nuqta qo‘yarman yoki yana 2-3 yil qolarman. 18 yoshda uzoq Braziliyada birinchi professional shartnomani rasmiylashtirganimda, hammasi shu qadar cho‘zilishi xayolimga ham kelmagani tayin. Amalda buni uddaladim, chunki har yili futbolga bor kuchimni berdim», — degandi Miura 2021 yili. Qarangki, u hamon professional futbol ichida.

Kazuyoshi Miura professional darajada 5ta 10 yillikni ko‘rgan yagona futbolchidir. Uning hisobida 35 mavsum bor! To‘g‘ri, 2022 yilning 21 sentyabr kuni surinamlik Ronni Bryunsviyk 60 yoshida rasmiy o‘yinda qatnashib, jahon rekordini o‘z tomoniga og‘dirgani haqida ham ma’lumotlar bor. Kim biladi, «Qirol Kazu» endi shu natijani ham yangilashga urinib ko‘rar balki...

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 15:00, 11.06.2023.
O'qildi: 4805 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.