Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/03 01:00 Bude-Glimt 3-0 Sporting
12/03 01:00 PSJ 5-2 Chelsi
12/03 01:00 Real Madrid 3-0 Manchester Siti
12/03 19:30 OKMK 2-2 So‘g‘diyona
12/03 20:00 Dinamo 1-1 Nasaf
14/03 00:45 Torino - Parma
14/03 01:00 Alaves - Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona - Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter - Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend - Brayton
14/03 20:00 Byornli - Bornmut
14/03 20:15 Atletiko - Xetafe
14/03 22:00 Napoli - Lechche
14/03 22:30 Chelsi - Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal - Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo - Valensiya

Gvardiola "Manchester Siti"ni yaqin ikki yil ichida tark etmaydi

Gvardiola "Manchester Siti"ni yaqin ikki yil ichida tark etmaydi

Baho:
+ | -

The Times nashri xabariga ko‘ra, "Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola yaqin ikki yil ichida o‘z lavozimini tark etish niyatida emas.

Manbaning xabariga ko‘ra, Gvardiola "shaharliklar" bilan shartnomani oxirigacha ishlab chiqmoqchi. Tomonlarning kelishuvi 2025 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.

Qayd etilishicha, Gvardiolaga Angliyadan tashqarida ham taklif bo‘lgan, biroq ispaniyalik mutaxassis yana ikki yil "Manchester Siti"da qolishga qaror qilgan, shundan so‘ng u kelajagi haqida qaror qabul qiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq "Manchester Siti" Angliya chempionligi, Angliya kubogi va Chempionlar ligasida g‘olib chiqqan edi. Shu tariqa Gvardiola treblni qo‘lga kiritdi.

"Shaharliklar" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola tarixda ikki marta treblga erishgan birinchi murabbiyga aylandi (birinchi marta u "Barselona" bilan 2008/2009 yilgi mavsumda shu ishni amalga oshirgan).

Kiritildi: 13:33, 12.06.2023.
O'qildi: 1250 marta.
Fikrlar: 8 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.