"Milan" o‘tgan mavsumda Portugaliya chempionatining eng yaxshi to‘purariga aylangan "Portu" hujumchisi Mehdi Taremiga qiziqish bildirmoqda. U jamoa safida 33 uchrashuvda 22 ta gol urgan.
Manbaning xabariga ko‘ra, milanliklar uchun ustuvor bo‘lgan hujumchi Markus Tyuramning transferini tez-tez amalga oshirmasa, Taremini sotib olishni zaxira variant sifatida ko‘rmoqda.
Portugaliya klubi 30 yoshli futbolchi bilan xayrlashmoqchi emas. Uning "Portu" bilan shartnomasi 2024 yilning yozida yakuniga yetadi.