Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika - JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya - Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya

"Tottenxem" "Chelsi" futbolchisiga ko‘z tikmoqda

"Tottenxem" "Chelsi" futbolchisiga ko‘z tikmoqda

Baho:
+ | -

"Chelsi" yarim himoyachisi Konor Gallaxer Londonning boshqa klubiga o‘tishi mumkin.

Football London nashri xabariga ko‘ra, 23 yoshli yarim himoyachi xizmatlariga "Tottenxem" qiziqish bildirmoqda. Oldinroq "ko‘klar"ning yangi bosh murabbiyi Maurisio Pochettino Gallaxerni o‘z jamoasida ko‘rmayotgani haqida xabar berilgandi.

Manbaga ko‘ra, "Tottenxem" ham "Nyukasl" da’vo qilayotgan britaniyalik futbolchi uchun kurashga qo‘shilish niyatida. Qayd etilishicha, “shporlar”ning yangi bosh murabbiyi Anj Postekoglu Gallaxerning o‘yin uslubini yoqtiradi.

Futbolchi o‘tgan mavsumda Angliya Premyer-ligasining 35 o‘yinida qatnashib, uchta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi. Futbolchining transfer narxi 32 million yevroga baholanmoqda.

Kiritildi: 22:45, 14.06.2023.
O'qildi: 1806 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик