Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/05 00:15 Chelsi 2-1 Tottenhem
22/05 23:45 Fiorentina - Atalanta

«Real» yanvar oyida Mbappega shartnoma taklif qiladi

«Real» yanvar oyida Mbappega shartnoma taklif qiladi

Baho:
+ | -

«Real» joriy yozgi transfer paytida Kilian Mbappening transferi borasida «PSJ» bilan muzokara olib bormoqchi emas.

"Marca" tarqatgan xabarga ko‘ra, fransiyalik futbolchi o‘z klubiga maktub yo‘llab, amaldagi shartnomani uzaytirmasligini ma’lum qilishi "qaymoqranglilar" uchun kutilmagan voqea bo‘lmadi. "Real" voqealarni diqqat bilan kuzatmoqda.

"Qirollik klubi"ning Mbappe borasidagi rejasi quyidagicha: jamoa 2024 yilning yanvar oyida futbolchiga shartnoma taklif qiladi. Agar Kilian bu taklifga rozi bo‘lsa, 24 yoshli o‘yinchi bilan dastlabki shartnoma imzolanadi. Natijada Mbappe yozda "Real" safiga erkin agent sifatida o‘tadi.

Agar Mbappe qishki taklifga darhol javob bermasdan "o‘yin" qiladigan bo‘lsa, madridliklar undan butunlay voz kechishadi.

Ma’lumotlarga qaraganda, «Real» har qanday holatda ham «PSJ» bilan muzokaraga kirishmoqchi emas.

Manba: sports.ru
Kiritildi: 17:30, 17.06.2023.
O'qildi: 2795 marta.
Fikrlar: 18 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик