Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/02 00:45 Verona 0-0 Piza
07/02 01:00 Lids 3-1 Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta 1-2 Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona
08/02 00:45 Fiorentina - Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad - Elche
08/02 16:30 Bolonya - Parma
08/02 18:00 Alaves - Xetafe
08/02 19:00 Lechche - Udineze
08/02 19:00 Brayton - Kristal Pelas
08/02 20:15 Atletik Bilbao - Levante
08/02 21:30 Liverpul - Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo - Inter
08/02 22:30 Atletiko - Betis

«Xulosa qilib, 2-davraga tayyorlanamiz». Vadim Abramov 1-davra yakunlari, yosh o‘yinchilar o‘yini va tarkib o‘zgarishi haqida

«Xulosa qilib, 2-davraga tayyorlanamiz». Vadim Abramov 1-davra yakunlari, yosh o‘yinchilar o‘yini va tarkib o‘zgarishi haqida

Baho:
+ | -

Pro liga 4-turining qoldirilgan o‘yini doirasidagi «Dinamo» — «Andijon-SGS» (4:0) bahsidan keyin jamoamiz bosh murabbiyi Vadim Abramov yirik g‘alaba va Pro liga 1-davrasi yakunlari bo‘yicha fikrlarini bildirdi.

— Tezkor gol yigitlarimizning xotirjamroq o‘ynashiga sabab bo‘ldi. Taym yakunida gol kiritib, hisob yirik ko‘rinish olgan bo‘lsa-da, aslida barcha masalani yanada oldinroq hal qilish mumkin edi. Ikkinchi bo‘limda esa zaxiradan maydonga tushgan o‘yinchilar o‘yinni kuchaytirishlari lozim bo‘lsa-da, ular nima bilan shug‘ullanganini men uchun tushunarsiz bo‘ldi. Endi tanaffus yuzaga keladi. Biz davra yakunlari bo‘yicha xulosa qilamiz.

— Birinchi davra yakunlandi. Natijalardan kelib chiqsak, barchasi siz o‘ylagan reja asosida davom etyaptimi? Umuman olganda, davra yakunlari bo‘yicha umumiy xulosalaringiz qanday bo‘ldi?

— Men uchun kutilmagani – so‘nggi o‘yinlarimizda ketma-ket ochko yo‘qotganimiz bo‘ldi. Shu o‘yinlar men uchun kutilmagan natijalar bilan tugadi va rejalarimni o‘zgartirdi. Ammo bundan fojia yasamaymiz, xulosa qilib, ikkinchi davraga munosib tayyorlanamiz va o‘zimiz reja qilgan o‘rinda bo‘lamiz.

Bu mavsumdagi eng oson g‘alaba? Har bir jamoa raqibi o‘yinidan kelib chiqib o‘ynaydi. Raqibni o‘rgangan edik, ularning kuchsiz jihatlarini bilgan holda o‘ynadik va g‘alabaga erishdik.

Yosh o‘yinchilarning o‘yini haqida? Ular yaxshi o‘yin namoyish etishdi. Biz ularga ishonch bildirdik va xuddi shunday o‘yin kutgandik. Yigitlar ishonchni oqlashdi. Yoshlar o‘yini o‘sib boradi degan umiddaman.

— Birinchi davradan keyin jamoani tark etayotganlar va jarohat olganlar bor. Davralar oralig‘ida jamoa tarkibi qanchalik o‘zgarishi mumkin?
— Reglament bo‘yicha 5 nafar yangi o‘yinchini o‘z safimizga qo‘sha olamiz. Hozircha bizda 8 nafar yangi nomzod o‘yinchi bor. Ularni tarkibga jalb etish qanchalik amalga oshadi hali noma’lum. Muzokaralarni boshlaganmiz. Barchasi o‘zimizga bog‘liq. Mavsum o‘rtasida o‘yinchilarda klubi bilan shartnomasi bor, shu bois hozirdan aniq nomlar haqida gapirishga erta. Tarkib kuchayishiga umid qilyapman.

Usmon Ibodov suhbatlashdi.

Manba: fcdinamo.uz
Kiritildi: 11:26, 18.06.2023.
O'qildi: 1321 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.