Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/09 00:00 Sevilya 1-0 Valensiya
12/09 17:00 Rasing 2-1 Alaves
12/09 18:00 Jenoa 1-1 Frozinone
12/09 19:00 Bornmut 2-2 Brentford
12/09 19:00 Aston Villa 1-2 Nottingem Forest
12/09 19:00 Chelsi 2-2 Xall Siti
12/09 19:00 Kristal Pelas 2-3 Ipsvich
12/09 19:00 Liverpul 0-0 Fulhem
12/09 19:15 Osasuna 0-2 Espanyol
12/09 21:00 Lasio 2-2 Milan
12/09 21:30 Atletik Bilbao 1-1 Elche
12/09 21:30 Tottenhem 0-0 Everton
12/09 23:45 Atalanta 1-2 Kalyari
13/09 00:00 Real Madrid 4-1 Rayo Valyekano
13/09 00:00 Sanderlend 0-2 Arsenal

Jamoliddin Rahmatullayev: «G‘alaba qozonishimiz mumkinligiga ishongan holda harakat qildik»

Jamoliddin Rahmatullayev: «G‘alaba qozonishimiz mumkinligiga ishongan holda harakat qildik»

Baho:
+ | -

O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi bosh murabbiyi Jamoliddin Rahmatullayev U17 Osiyo kubogi guruh bosqichi 1-turi doirasida bo‘lib o‘tgan Yaponiyaga qarshi o‘yin borasida o‘z fikrini bildirib o‘tdi.

"O‘yinni juda yaxshi boshladik. Ammo gol o‘tkazib yuborganimizdan keyin shogirdlarim tezroq hisobni tenglashtirish maqsadida shoshilishdi. Afsuski, birinchi bo‘limda o‘z imkoniyatlarimizdan foydalana olmadik. O‘yin so‘ngida esa gol urib, durangga erishdik. Endi esa bor e’tiborimizni Hindistonga qarshi uchrashuvga qaratamiz.

O‘yin davomida ehtiroslar yuqori darajada bo‘ldi. G‘alaba qozonishimiz mumkinligiga ishongan holda harakat qildik. Yakunda esa durang bilan kifoyalandik. Yaponiya jismoniy jihatdan kuchli bo‘lsa-da, biz oxirigacha kurashdik. Keyingi o‘yinda ko‘proq gol urishimiz kerak. Buni tushunib turibman", — dedi Jamoliddin Rahmatullayev.

Shuningdek, Yaponiya darvozasiga gol urgan Amirbek Saidov ham fikrlari bilan o‘rtoqlashdi:

"G‘alabaga umid qilgandik, ammo durang bilan cheklandik. Shunga qaramay,, o‘z maqsadimizga erishdik. Durangdan qoniqish hosil qildik. Hindistonga qarshi o‘yinda esa g‘alaba qozonish uchun qo‘ldan kelgan barcha ishni qilamiz", — dedi Saidov.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 15:49, 18.06.2023.
O'qildi: 2808 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик