Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Arsenal" yarim himoyachisini sotib yuborishga tayyor

"Arsenal" yarim himoyachisini sotib yuborishga tayyor

Baho:
+ | -

Jurnalist Fabrisio Romanoning xabar berishicha, "Arsenal" yozda yarim himoyachi Tomas Partini sotishni ko‘rib chiqmoqda.

London klubi 30 yoshli ganalik futbolchi bilan xayrlashishga tayyor va futbolchiga qiziqayotgan jamoalardan taklif kutmoqda.

Parti "Arsenal"da 2020 yilning oktyabridan buyon to‘p tepadi. 2022/23 yilgi mavsumda u "kanonirlar" safida 40 ta o‘yinda 3 ta gol urdi.

Transfermarkt.com portali yarim himoyachining narxini 38 million yevroga baholamoqda. Futbolchining shartnomasi 2025 yilning iyun oyi oxirigacha amal qiladi.

Kiritildi: 16:37, 18.06.2023.
O'qildi: 1310 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик