"Real Madrid" prezidenti Florentino Peres "Espanyol" hujumchisi Xoselu bilan shartnoma imzolaganidan so‘ng klubning transferlari haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
— Xoselu bilan shartnoma yopilganmi?
— Ha, u keyingi hafta safimizga keladi.
- Yana shartnomalar bo‘ladimi?
- Yo‘q", - deya Peresdan iqtibos keltirgan Madrid Xtra.
33 yoshli futbolchi keyingi mavsumda madridliklar sharafini himoya qiladi. Buning uchun "Espanyol" 500 ming yevro oladi.
"Real Madrid" 2022/23 yilgi mavsum yakunida La Liga turnir jadvalida ikkinchi o‘rinni egalladi.