Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/03 16:00 Neftchi 3-1 Lokomotiv
20/03 17:00 Nasaf 0-1 Surxon
20/03 18:15 So‘g‘diyona 2-4 Paxtakor
20/03 22:30 Kalyari 0-1 Napoli
21/03 00:45 Jenoa 0-2 Udineze
21/03 01:00 Bornmut 2-2 Man. Yunayted
21/03 01:00 Vilyarreal 3-1 Real Sosyedad
21/03 17:30 Brayton - Liverpul
21/03 18:00 Elche - Malyorka
21/03 19:00 Parma - Cremonese
21/03 20:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
21/03 20:00 Fulhem - Byornli
21/03 20:15 Espanyol - Xetafe
21/03 22:00 Milan - Torino
21/03 22:30 Everton - Chelsi
21/03 22:30 Levante - Real Ovyedo
21/03 22:30 Osasuna - Jirona
22/03 00:45 Yuventus - Sassuolo
22/03 01:00 Lids - Brentford
22/03 01:00 Sevilya - Valensiya
22/03 16:30 Komo - Piza
22/03 17:00 Nyukasl - Sanderlend
22/03 18:00 Barselona - Rayo Valyekano
22/03 19:00 Atalanta - Verona
22/03 19:00 Bolonya - Lasio
22/03 19:15 Aston Villa - Vest Xem
22/03 19:15 Tottenhem - Nottingem Forest
22/03 20:15 Selta - Alaves
22/03 22:00 Roma - Lechche
22/03 22:30 Atletik Bilbao - Betis

Liga 1da ajoyib iqtidor yetishib chiqmoqda

Liga 1da ajoyib iqtidor yetishib chiqmoqda

Baho:
+ | -

May oyida "Lion" - "MonpelYE" o‘yini o‘ta ham dramatik tarzda kechdi: to‘qqizta gol, mezbonlar uchun fantastik kambek va ikkita poker: bu oxirgi marta 1974 yilda sodir bo‘lgan edi, o‘shanda Karlos Byanki "Reyms" uchun beshta gol urgan, Delio Onnis esa "Monako" uchun to‘rtta gol muallifiga aylangan. Liga 1 uchun butun mavsumdagi birinchi poker "MonpelYE" hujumchisi 20 yoshli Elye Vai tomonidan amalga oshirildi. 15 daqiqada! Klub turnir jadvalining o‘rtalarida (12-o‘rin) mavsumni yakunladi.

Mavsum oxirida Vai gollari sonini 19 taga yetkazib oldi va Liga 1ning eng yaxshi sakkizta to‘purarlari qatoriga kirdi, Mbappedan 10 ta gol kam! Ammo Elyening ishlari to‘satdan paydo bo‘lib qolgani yo‘q, forvard har mavsumda o‘sib bormoqda. U 17 yoshida "Mes"ga qarshi bahsda debyut qildi va ikkinchi o‘yindayoq u "Monako" darvozasiga gol urdi va klub tarixidagi ikkinchi eng yosh to‘purarga aylandi. Birinchi mavsumni uchta gol bilan yakunladi va o‘zini istiqbolli futbolchi sifatida ko‘rsatdi, bir yildan so‘ng 10+2 hisobini qayd etdi. Demak, hozirgi natija tizimli o‘sish mevasidir (Fransiya chempionatining 33 turida 19+6).

Vaining asosiy sifati - bu vaziyatlarni sifatli yakunlash. Uch mavsum oralig‘ida u XG modeli bo‘yicha kutilganidan ko‘proq to‘rtta gol urgan. O‘rtacha har to‘rtinchi zarba gol bilan tugadi va 50% dan ortiq zarba nishonga aniq tekkan.

Yana bir muhim afzallik - bu tezlik. To‘g‘ridan-to‘g‘ri deyarli Mbappe darajasida: bu mavsumda Vai 35,28 km, Kilian esa 36 km/soat tezlikka erishdi. Elye bo‘sh joyni qanday topishni, sheriklari uchun o‘z vaqtida yo‘l ochishni biladi. Gol har qanday joydan kelishi mumkin. Elye Vai Kilian Mbappedan keyin 20 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar orasida Liga 1da 20+ gol urgan birinchi o‘yinchi. “Men rekordlarni yangilamoqchi emasman. Agar shunday bo‘lsa, bu juda yaxshi bo‘ladi, lekin o‘xshamay qolsa, men ishlashda davom etaman. Hozir odamlar men haqimda ko‘p gapirishadi va bu ijobiy holat. Lekin men qandaydir rekord o‘rnatganim uchungina to‘xtab qolmayman”, dedi futbolchi.

Biroq Vaida kamchiliklar ham bor. "MonpelYE" qisqa pas o‘ynashni afzal ko‘radi, Elye esa deyarli kurashlarda qatnashmaydi va har bir uchrashuvda o‘rtacha 16 ta pas beradi, ularning aniqligi 68% ni tashkil qiladi. Yakkama-yakka kurash san’ati - yana bir og‘riqli nuqta, u o‘rtacha har beshinchi kurashda g‘alaba qozonadi, bo‘yi 178 sm. Ammo yosh futbolchi uchun asosiy jihat haddan tashqari ko‘p sodir bo‘ladigan emosionallikni yengishdir: bu mavsumda u sakkizta sariq va bitta qizil kartochka olishga muvaffaq bo‘ldi.

Top klublar Elye uchun kurashmoqda. Iqtidorga asosiy da’vogarlar - "Arsenal", "Yuventus" va "Milan". Yanvar oyida Footmercato londonliklarning qiziqishi haqida yozgandi, ammo hozircha vaziyat hech qanday tarzda rivojlanmagan. L'Equipe xabariga ko‘ra, italiyaliklar ko‘proq qiziqish bildirishgan va futbolchining atrofidagilar bilan ilk aloqalarni o‘rnatishgan. Tuttomercatoning qo‘shimcha qilishicha, bu vaziyatda Rafael Leauning sotilishi jarayonni sezilarli darajada tezlashtirishi mumkin. Turinda Vai Dushan Vlaxovichga mumkin bo‘lgan muqobil variant sifatida ko‘rilmoqda. Transfermarkt fransuz futbolchisini 25 million yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 12:28, 19.06.2023.
O'qildi: 2755 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик