«Manchester Yunayted» klubida muassis o‘zgarganidan keyin jamoaning sobiq futbolchisi va murabbiyi Ule-Gunnar Sulsher klubga qaytishi mumkin.
Klubni sotib olishga yaqin turgan Qatar shayxi Jasim ibn Hamad ol-Soniy 50 yoshli norvegiyalik mutaxassisni "MYU"ga qaytarishni rejalashtirmoqda.
Sulsher klubda qanday vazifada ishlashi hozircha aniq emas. Har holda klubning amaldagi murabbiyi Erik ten Xagni iste’foga chiqarish haqida gap-so‘z yo‘q.