Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/11 00:45 Lasio 3-0 Bolonya
25/11 01:00 Atletik Bilbao 1-0 Real Sosyedad
25/11 19:00 Al-Ayn 1-2 Al-Ahli (SA)
25/11 21:00 Istiqlol 0-0 Paxtakor
25/11 21:00 Al-G‘arafa 1-3 An-Nasr (SA)
25/11 22:30 Empoli 1-1 Udineze
25/11 23:00 Ar-Rayyan - Persepolis
26/11 00:45 Venetsiya 0-1 Lechche
26/11 01:00 Nyukasl 0-2 Vest Xem

APL yo‘llanmasi +200 million yevro!

APL yo‘llanmasi +200 million yevro!

Baho:
+ | -

Ha, Chempionship «pley-off» bosqichi finali futbolda bahosi eng baland o‘yin hisoblanadi. Oddiy aytganda, «Luton» va «Koventri» o‘rtasidagi bahsda nafaqat APL yo‘llanmasi, balki 200 million yevro taqdiriga ham oydinlik kiritildi. Deloitte guruhi hisob-kitobiga ko‘ra, final g‘olibi, ya’ni «Luton» kelasi mavsum APLdan tushib ketsa ham, 3 yil davomida 170 million funt sterlingdan ko‘proq oladi. Qanaqasiga? Chempionship «pley-off» bosqichi finali nega bunchalik qimmat? Angliya chempionatining potensial autsayderi ishtirokidagi jang nimaning hisobiga jahon futbolida moliyaviy jihatdan eng «og‘ir» o‘yin darajasiga chiqqan? Sports.ru sayti ma’lumotlari asosida tayyorlangan quyidagi maqola shu haqda.

«Luton» aynan qancha oladi?

APLning moliyaviy gegemoniyasi va Angliya futboli quyi ligalari tuzilmasi tufayli Chempionship «pley-off» bosqichi finali natijasi chamasi 205 million yevrolik chek qaysi klubga nasib etishini ko‘rsatib beradi. Hozirda APL turnir jadvalida oxirgi o‘rinni band etgan jamoa TV-huquqlar ortidan mavsum uchun kamida 111 million yevro oladi. Mutlaqo omadsizlikka yuz tutgan taqdirida ham. APLga ko‘tarilgan jamoaga esa nafaqat bir mavsum uchun ulush, balki chempionatdan tushib ketgan taqdirida kamida 2 yillik parashyut to‘lovi beriladi. Bu - daromaddan ayrilgan klubga qo‘shimcha yengillik. Oddiy aytganda, omadsizlikni nisbatan og‘riqsiz qabul qilib, tezda o‘zini o‘nglab olishi uchun kompensasiya. Xullas, APLdagi o‘rnini yo‘qotgan klub quyi ligadagi birinchi mavsumda elitaning har bir ishtirokchisiga kafolatlangan summadan 55 foizini oladi, 45 foizi ke­yingi yili to‘lanadi. Raqamlarda keltirsak, bu 49}40 million yevroni tashkil etadi. Demak, «Luton» Chempionshipda 1-2-o‘rinlarni egallagan «Bern­li» va «Sheffild» kabi 3 yil davomida 205 million yevro oladi.

To‘g‘ri, ushbu formulada nozik tomonlari ham bor:

1. Agar «Luton», «Bernli» yoki «Sheffild» APLdagi birinchi mavsum yakunida quyi ligaga tushib ketsa, TV-huquqlar ortidan kamida 111 million yevro oladi, bunga Chempionship davomida parash­yut to‘lovi (49 million yevro) qo‘shiladi. Mabodo klub bir yilda APL qaytolmasa, unga yana 45 million yevro (parash­yut to‘lovi va mukofot puli) beriladi. Shu asnoda klub 3 yilda kamida 205 million yevro ishlaydi. 

2. Agar «Luton» APLda loaqal yana 1 mavsum qolsa, uning ulushi 137 million yevroga oshadi. Sxema o‘sha-o‘sha, faqat summa kattaroq: APL­dagi 2 yil uchun 120}111 million TV-huquq tushumi, parashyut to‘lovi 49}40 million yevro. Qo‘shimcha ravishda keyingi mavsum uchun 19 «limon» parashyut to‘lovi va Chempionshipdagi ishtirok ortidan 8 million yevroga teng mukofot puli. Shu tariqa klubning 5 yillik daromadi 347 million yevroga yetadi.

3. «Pley-off» finalini boy bergan «Koventri» esa Chempionshipdan birdamlik va mukofot puli oladi (yiliga 7,8 million yevro). Agar jamoa APLga chiqolmasa va quyi ligaga tushib ketmasa, 3 yillik daromadi 23 million yevroga yetadi (5 yillik summa esa 39 million bo‘ladi). Demak, «Luton» 3 yil ichida «Koventri»dan kamida 182 million yevro ko‘proq oladi (agar APLda kamida bir mavsum o‘z o‘rnini saqlab qolsa, 308 million ko‘proq).

G‘oyat go‘zal tarix bilan

«Luton» - oxirgi 30 yil badaliga yuqori liga yuzini ko‘rmagan klub. Muhimi, u oxirgi 10 mavsumning deyarli har birida o‘sish qayd etib, ideal yo‘lni bo‘sib o‘tdi. Umuman, «Luton» va «Koventri» juda qadimiy jamoalar (tarixi 135 yildan oshdi), har ikkisi o‘tgan asrning 90-yillari Angliya chempionati yuqori divizionida o‘ynagan. Keyin ikki klub sinxron ravishdan quyi ligalarga «sho‘ng‘idi». Deylik, «Luton» va «Koventri» 5 yilcha oldin ham (mavsum-2017/2018) Angliya chempionati To‘rtinchi ligasida birga o‘ynadi. Endi esa «Luton» 1ta asosiy o‘yindagi g‘alaba evaziga ilk marta elitaga ko‘tarildi. Jamoa aslida 1950-1990 yillar oralig‘ida Angliya yuqori divizionida ishtirok etgan, lekin APL yo‘lga qo‘yilishidan oldin (1992 yil) quyiga tushib ketgandi. «Luton» hech qachon superyulduzlarga tayangan emas. Klub tarixidagi eng mashhur futbolchi  - bu Yevro-92 chempioni Lars Elstrup. Lekin daniyalik hujumchi ham qit’a chempionati arafasida «Luton» bosh murabbiyi bilan kelisholmay, o‘z yurti, boz ustiga, Ikkinchi liga klubiga ketib qolgandi. Aytgancha, Lars Yevro-92dan bir yil o‘tgach, anarxiya-buddaviy oqimiga qo‘shilish uchun futboldan voz kechgan. Endri Grey («Uotford»da tanilgan yamaykalik hujumchi) va Jeyms Jastin (2022 yili Angliya milliy jamoasida debyut qilgan «Lester» himoyachisi) ham hammasini «Luton»da boshlashgan.

«Luton» yo‘li - azob va qayta «tirilish» hikoyasi

«Luton» 1992 yildan asta-sekin quyiga tushaverdi va ikki asr oralig‘ida pasayish sur’ati tezlashdi. Bu vaqt klubda 3 marta tashqi bosh­qaruv joriy qilindi. 2009 yili esa «Luton» moliyaviy qoidabuzarliklar ortidan Ikkinchi ligadan To‘rtinchi divizionga tushirildi, ke­yin Beshinchi ligaga ham «uchdi». Shundan so‘ng hayratlanarli yuksalishni qayd etdi. Har holda, «Luton» 2012/2013 yillar mavsumidan buyon deyarli har mavsum avvalgisidan yaxshiroq natija ko‘rsatdi. Asosiysi, 10 yil ichida Chempionshipga ko‘tarildi. Darvoqe, «Luton» o‘tgan mavsum ham «pley-off» bosqichida o‘ynagan, ammo «Xadders­fild»ga yutqazib qo‘ygandi. Mana, endi APL dovoni zabt etildi, nihoyat.

«Koventri» ham go‘zal tarixga ega

1960-2000 yillar oralig‘ida Angliya elit divizionining eng barqaror ishtirokchilari qatorida yurgan «Koventri» bu oraliqda 7-o‘rindan yuqoriga ko‘tarilmagan. 1987 yili esa Angliya kubogini qo‘lga kiritgandi. Jeyms Meddison, Robbi Kin va Kreyg Bellami kabi mashhurlar futbolga shu klub orqali kirib kelishgan. 2001 yili APL bilan xayrlashgan «Koventri» atigi 6 mavsumda To‘rtinchi ligagacha quladi. Agar «Luton» asta-sekin tiklangan bo‘lsa, «Koventri» tezda Chempionshipga qayt­di, ammo ancha vaqt o‘rtamiyonalar qatorida bo‘ldi. E’ti-borni tortadigan fakt: «Koventri» yakuniga yetgan mavsumning 10ta turidan keyin Chempionship turnir jadvalida oxirgi - 24-o‘rinni band etib turgandi. 15-turdan so‘ng ham jamoaning holatiga havas qi-lib bo‘lmasdi: jadvalda xavfli hudud. Boz ustiga, stadioni chimi talabga javob bermasligi tufayli uy o‘yinlari qoldirildi. Oqibatda «Koventri» raqiblar xarajatini qoplashga majbur bo‘ldi, qolaversa, yana 1ta o‘yini qoldirilsa, 5 ochkodan mahrum qilinardi. Noyabr oyida vaziyat ancha yaxshilandi - «Koventri» qoldirilgan uy uchrashuvlaridagi g‘alabalar evaziga turnir jadvali o‘rtalariga qaytdi. Keyin yangi turtki kuzatildi - klub nazorat paketini Yelo Entreprises kompaniyasi bosh direktori - angliya­lik biznesmen Dag King sotib oldi. «Koventri» ushbu o‘zgarishdan ke­yin yana bir oy mag‘lubiyatlar girdobida qolib, quyi ligaga tushib ketish xavfiga yaqin keldi. Hattoki, Angliya kubogida quyi divizion vakili - aktyor Rayan Reynoldsga tegishli «Rekxem»ga ham yutqazdi. Muhimi, oxirgi 16ta turda 1tagina mag‘lubiyat qayd etgan tarixiy jamoa yakunda 5-o‘ringa  ko‘tarildi va «pley-off» ishtirokchisiga aylandi, faqat finalda...

*** «Luton Taun» yarim himoyachisi Pelli-Ruddok Mpanzu tarixda 1ta klub safida Angliya chempionati Beshinchi divizionidan APLga ko‘tarilgan birinchi futbolchi bo‘ldi.

*** «Luton Taun» tarkibdagi futbolchilarning umumiy transfer bahosi bo‘yicha Chempionshipning 17-jamoasi edi!

A.AHMEDOV tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 22:00, 19.06.2023.
O'qildi: 4550 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.