Angliya terma jamoasi ustozi Garet Sautgeyt Bukayo Saka haqida Shimoliy Makedoniyaga qarshi o‘yindan keyin iliq fikr bildirib o‘tdi. U shunday deydi:
"Men uning o‘yinidan mamnunman. Sakada bir necha hafta oldin kichik jarohat bor edi. Ammo bugun bu narsa unga halaqit qila olmadi. Butun xalq Sakani bugungi kuni bilan eslaydi. U juda ham tirishqoq yigit. Kamtarligiga gap yo‘q. Butun jamoa va murabbiylar shtabi Sakani qadrlaydi. Men ham uning shu yerda ekanidan xursandman. Uning kelajagi porloq".