Angliya terma jamoasi va “Tottenxem” hujumchisi Xarri Keyn yangi rekord o‘rnatdi. Futbolchi Yevropa chempionati saralash bosqichidagi so‘nggi 12 o‘yinning har birida gol urgan. Bu eng uzun seriya.
Angliya - Shimoliy Makedoniya uchrashuvida (7:0) hujumchi 29-daqiqada gol urdi.
Angliya terma jamoasining Shimoliy Makedoniyaga qarshi o‘yinida Keyn tomonidan urilgan gol uning terma jamoadagi 57-goli bo‘ldi. U xalqaro faoliyatida 56 tadan gol urgan Samuyel Eto'O va Gabriel Batistutadan o‘zib ketdi.