Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/06 06:00 AQSh 4-1 Paragvay
13/06 23:59 Qatar 1-1 Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya 1-1 Marokash
14/06 06:00 Gaiti 0-1 Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya 2-0 Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao
15/06 01:00 Niderlandiya - Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar - Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya - Tunis
15/06 21:00 Ispaniya - Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya - Misr

Ronaldu: "Bu muvaffaqiyatning o‘ziga xos ta’mi bor"

Ronaldu: "Bu muvaffaqiyatning o‘ziga xos ta’mi bor"

Baho:
+ | -

Portugaliya hujumchisi Krishtianu Ronaldu 2024 yilgi Yevropa chempionati saralash o‘yinida Islandiya ustidan qozonilgan minimal g‘alaba haqida gapirdi. Pireneyliklar 1:0 hisobida g‘alaba qozonishdi, yagona gol KriRo tomonidan kiritildi.

“Bu muvaffaqiyatning o‘ziga xos ta’mi bor. Bu – yubiley o‘yin. Buni g‘alabali gol bilan yakunlaganimdan xursandman, men bundan ortiq narsani so‘ray olmadim. Bu juda zo‘r va unutilmas bo‘ldi”, - dedi 38 yoshli to‘purar.

Krishtianu Portugaliya terma jamoasida o‘ynagan o‘yinlar soni bo‘yicha mutlaq rekordchi hisoblanadi. Hujumchi terma jamoa safida 200 ta o‘yin o‘tkazgan.

Kiritildi: 11:00, 21.06.2023.
O'qildi: 2016 marta.
Fikrlar: 13 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик