"Tottenxem" futbolchisi Son Xyon-Minga Saudiya Arabistoni klublaridan taklif berilgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Bunga hujumchining o‘zi munosabat bildirdi. Son shunday deydi:
"Men uchun hozir pul muhim narsa emas. Bo‘lgan takliflarga e’tibor qaratmayman. Men uchun eng muhimi o‘zim sevgan ligada sharaf bilan o‘ynashdir. O‘ylaymanki, APLda hali nimalargadir erisha olaman".