Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/05 23:45 Torino 2-1 Sassuolo
09/05 00:00 Levante 3-2 Osasuna
09/05 16:30 Liverpul - Chelsi
09/05 17:00 Elche - Alaves
09/05 18:00 Kalyari - Udineze
09/05 19:00 Fulhem - Bornmut
09/05 19:00 Brayton - Vulverhempton
09/05 19:00 Sanderlend - Man. Yunayted
09/05 19:15 Sevilya - Espanyol
09/05 21:00 Lasio - Inter
09/05 21:30 Manchester Siti - Brentford
09/05 21:30 Atletiko - Selta
09/05 23:45 Lechche - Yuventus
10/05 00:00 Real Sosyedad - Betis
10/05 15:30 Verona - Komo
10/05 17:00 Malyorka - Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli - Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest - Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas - Everton
10/05 18:00 Cremonese - Piza
10/05 18:00 Fiorentina - Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao - Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem - Arsenal
10/05 21:00 Parma - Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo - Xetafe
10/05 23:45 Milan - Atalanta
11/05 00:00 Barselona - Real Madrid

Va’da vafosi bilan go‘zal!

Va’da vafosi bilan go‘zal!

Baho:
+ | -

«Napoli» fanatlar guruhi (ultras) o‘z va’dasi ustidan chiqdi: jamoani skudetto sari yetaklagan bosh murabbiy Luchano Spallettiga vaqtida o‘g‘irlab ketilgan avtomobili rulini qaytardi.

Xayrlashuv oldidan chinakam «syurpriz». Aytish joiz, o‘g‘irlangan Fiat Panda tarixi naq 2 yilga cho‘zildi.

Takror aytish kerak, «Napoli» yakunlangan mavsum Spalletti boshqaruvida 33 yillik tanaffusdan keyin yana «A» seriya chempionligini qo‘lga kiritdi. Neapol oxirgi marta klub safida afsonaviy Diyego Maradona o‘ynagan vaqt skudetto sohibiga aylangan edi. Qarangki, Luchano katta va uzoq kutilgan zafarga qaramay, ijodiy ta’til olishni lozim topdi va Neapol klubi bosh murabbiyi vakolatini topshirdi. Bunga klub prezidenti va rahbariyati bilan kelishmovchiliklar sabab ekanligi aytilmoqda.

E’tiborni tortadigan tomoni, «Napoli» muxlislari Spallettidan ancha oldin - 2021 yilning oktyabr oyida iste’fo talab qilishgandi. Tiffozilar guruhi o‘sha vaqt murabbiy ishidan shunchalik norozi bo‘ldiki, hattoki, unga tegishli Fiat Panda avtomobilini o‘g‘irlab ketdi va o‘rtaga dangal shart qo‘ydi: «Spalletti, avtomobilingni qaytarib berishga tayyormiz, faqat buning uchun klubdan ketishing kerak!» Mana, Luchano taqdir taqozosiga ko‘ra, chempionlik marrasini zabt etgan holda ketmoqda. O‘z navbatida, ultras va’dasini qisman bajardi: murabbiyga «yo‘q bo‘lib ketgan» avtomobil ruli qaytarildi. Shuningdek, Luchanoning sevimli xonandasi Pino Daniele qo‘shiqlari yozilgan bir necha disklar ham.

Darvoqe, Spalletti hozir ham asosan Fiat Panda mashinasidan foydalanadi. Yaqinda ushbu «toychoq» «Napoli» chempionligi sharafiga alohida bo‘yaldi-bezatildi.

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:34, 21.06.2023.
O'qildi: 3448 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик