Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/08 19:00 Neftchi 5-0 Qizilqum
08/08 19:30 Bunyodkor 2-3 OKMK
08/08 20:00 Nasaf 0-0 Qo‘qon-1912

Keyn qaysi klubga o‘tishni istayotgani aytildi

Keyn qaysi klubga o‘tishni istayotgani aytildi

Baho:
+ | -

"Tottenxem" hujumchisi Xarri Keyn yozgi transfer oynasida "Manchester Yunayted"ga o‘tishga umid qilmoqda. London klubi o‘z tarbiyalanuvchisi uchun 117 million yevro olmoqchi.

Manba bergan xabarga ko‘ra, angliyalik hujumchi, agar "Tottenxem" prezidenti Daniyel Levi futbolchining narxini pasaytirsa, "MYU" muzokaralarga qaytishi mumkin deb hisoblamoqda. "Shporlar" kelasi yozda shartnomasi nihoyasiga yetadigan 29 yoshli futbolchi uchun hozirda kamida 117 million yevro olmoqchi.

Qayd etilishicha, "Manchester Yunayted" ushbu bosqichda aynan "shporlar"ning moliyaviy talablari tufayli futbolchiga qiziqishni yo‘qotgan. “Qizil iblislar” ayni damda “Atalanta”dan Rasmus Xyoylundni sotib olishga etibor qaratishgan.

Keyn o‘tgan mavsumda "Tottenxem" tarkibida 28 ta o‘yinda maydonga tushib, 30 ta gol urdi va 3 ta golga assistentlik qildi.

Kiritildi: 00:31, 22.06.2023.
O'qildi: 4622 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик