Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/04 18:00 Qo‘qon-1912 1-1 Nasaf
08/04 19:00 OKMK 1-1 Surxon
08/04 20:15 Dinamo 2-1 So‘g‘diyona
08/04 23:59 Barselona 0-2 Atletiko
08/04 23:59 PSJ 2-0 Liverpul
09/04 19:00 Neftchi - Paxtakor
09/04 19:00 Buxoro - Qizilqum
10/04 23:45 Roma - Piza
11/04 00:00 Vest Xem - Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid - Jirona

U17 Osiyo kubogi. O‘zbekiston U17 Vyetnamni kichik hisobda yengdi va guruhda 2-o‘rinni egalladi

U17 Osiyo kubogi. O‘zbekiston U17 Vyetnamni kichik hisobda yengdi va guruhda 2-o‘rinni egalladi

Baho:
+ | -

Tailandda o‘tkazilayotgan U17 Osiyo kubogi musobaqasida guruh bosqichiga yakun yasaldi. O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi 3-tur doirasida Vyetnamga qarshi maydonga chiqib, kichik hisobda g‘alaba qozondi.

Birinchi bo‘limda ustunlik to‘laligicha Jamoliddin Rahmatullayev shogirdlari tomonida bo‘ldi. Vakillarimiz yuzaga keltirilgan vaziyatlarning faqat bittasini golga aylantirishdi. Laziz Mirzayev o‘ng qanotdan jarima maydoniga kirdi va darvoza yaqiniga uzatma berdi. Shodiboyev yaqin masofadan darvozani ishg‘ol qildi. Shodiyor ko‘p o‘tmasdan ikkinchi golni urishi ham mumkin edi, ammo u darvozabon bilan yakkama-yakka vaziyat aniq zarba bera olmadi.

Ikkinchi bo‘limning yarmidan boshlab futbolchilarimiz charchab qola boshladi. Bundan foydalanib, vyetnamliklar hujumlar tashkil qila boshlashdi. Ular ikkita yaxshi vaziyatni yuzaga keltirishdi, ammo yakuniy zarba berishda futbolchilarga mahorat yetishmadi.

"D" guruhida parallel o‘tgan o‘yinda Yaponiya Hindiston ustidan 8:4 hisobida g‘alaba qozonib, guruh g‘olibiga aylandi. O‘zbekiston esa 2-o‘rin bilan pley-offga chiqdi. Terma jamoamiz chorak finalda Saudiya Arabistoniga qarshi maydonga chiqadi. Mazkur o‘yin 26 iyun, dushanba kuni Toshkent vaqti bilan 19:00da boshlanadi.

U17 Osiyo kubogi. "D" guruhi, 3-tur
VYETNAM - O‘ZBEKISTON - 0:1 (0:1)
Gol: Shodiyor Shodiboyev (25)
O‘zbekiston: 21.Muhammadyusuf Sobirov, 5.Azizbek To‘lqinbekov, 6.Ozod O‘ktamov, 7.Laziz Mirzayev (S), 8.Behruz Shukurullayev, 13.Behruz Jumatov, 14.SHodiyor Shodiboyev, 16.Muhammadali Raimov, 17.Ollabergan Karimov, 19.SHerzod Abdulboriyev, 23.Dilshod Abdullayev

YAPONIYA - HINDISTON - 8:4

 JamoaO‘yinG‘alabaDurangMag‘-tT-NOchko
1 Yaponiya 3 2 1 0 13-5 7
2 O‘zbekiston 3 2 1 0 3-1 7
3 Hindiston 3 0 1 2 5-10 1
4 Vyetnam 3 0 1 2 1-6 1
Manba: stadion.uz
Kiritildi: 19:09, 23.06.2023.
O'qildi: 4231 marta.
Fikrlar: 14 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик