Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 18:00 Surxon 2-1 Mash’al
22/04 20:15 Buxoro 0-1 Paxtakor
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor 1-1 So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf 2-3 Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo 2-2 OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid

Yurtimizdagi futzal bo‘yicha JCH qaysi arenalarda o‘tkazilishi ma’lum bo‘ldi

Yurtimizdagi futzal bo‘yicha JCH qaysi arenalarda o‘tkazilishi ma’lum bo‘ldi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston so‘nggi yillarda FIFA hamda OFK miqyosidagi nufuzli musobaqalarni yurtimizda o‘tkazish yuzasidan katta qadamlarni tashladi. Buning natijasida mamlakatimiz o‘tgan davr mobaynida turli yosh toifasidagi qit’a birinchiliklariga mezbonlik qildi. Bu borada to‘plangan tajriba keyingi turnirlarga mezbonlik qilish uchun katta imkoniyatni taqdim etdi.

Xususan, FIFA Kengashining navbatdan tashqari yig‘ilishida O‘zbekiston futzal bo‘yicha 2024 yilgi Jahon chempionati mezboni etib belgilandi.

Ushbu nufuzli musobaqani yurtimizda o‘tkazish borasida Mahalliy tashkiliy qo‘mita tomonidan FIFAga mavjud infratuzilma yuzasidan ma’lumotlar taqdim etildi. Uchrashuvlar o‘tkaziladigan majmualar va mashg‘ulot zallarining FIFA talablariga, xususan, xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish borasidagi harakatlar boshlandi. O‘z o‘rnida, O‘zbekiston futbol assosiasiyasi FIFAga Jahon chempionati o‘yinlarini o‘tkazish mo‘ljallanayotgan quyidagi majmualarni taqdim etdi:

— «Humo» arena (Turnirning ochilish va final uchrashuvi mazkur o‘yingohda o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda);
— «Yunusobod» sport majmuasi
— «Alpomish» muz saroyi
— Milliy Gimnastika saroyi
— Farg‘onaning «SAMO» sport majmuasi
— Samarqand Muz saroyi
— Buxoro va Andijondagi arenalar.

Bundan tashqari, jamoalar mashg‘ulot o‘tkazishlari uchun 10 ga yaqin majmua va sport zallari taqdim etildi.  

Bir necha kundan so‘ng FIFA vakillari Jahon chempionati oldidan O‘zbekistonda futbol infratuzilmasini o‘rganish, tahlil qilish va xulosalarni berish maqsadida yurtimizga tashrif buyurishadi. Mahalliy tashkiliy qo‘mita hamrohligida musobaqaga mezbonlik qilishi kutilayotgan shaharlar bilan tanishadilar. FIFA tomonidan majmualar, mashg‘ulot zallari, mehmonxonalar, aeroport, vokzal va yo‘llar talabga javob berishi o‘rganiladi hamda yakuniy xulosa taqdim etiladi.

Manba: ufa.uz
Kiritildi: 08:30, 25.06.2023.
O'qildi: 3257 marta.
Fikrlar: 7 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик