Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/10 00:00 Leganes 0-0 Valensiya
05/10 16:30 Kristal Pelas 0-1 Liverpul
05/10 17:00 Espanyol 2-1 Malyorka
05/10 18:00 Udineze 1-0 Lechche
05/10 19:00 Arsenal 3-1 Sautgempton
05/10 19:00 Brentford 5-3 Vulverhempton
05/10 19:00 Lester 1-0 Bornmut
05/10 19:00 Vest Xem 4-1 Ipsvich
05/10 19:00 Manchester Siti 3-2 Fulhem
05/10 19:15 Xetafe 1-1 Osasuna
05/10 21:00 Atalanta 5-1 Jenoa
05/10 21:30 Las-Palmas 0-1 Selta
05/10 21:30 Valyadolid 1-2 Rayo Valyekano
05/10 21:30 Everton 0-0 Nyukasl
05/10 23:45 Inter 3-2 Torino
06/10 00:00 Real Madrid 2-0 Vilyarreal
06/10 14:00 Paxtakor 0-0 Dinamo
06/10 15:30 Yuventus - Kalyari
06/10 17:00 Jirona - Atletik Bilbao
06/10 17:30 Ukraina - Fransiya
06/10 18:00 Bolonya - Parma
06/10 18:00 Lasio - Empoli
06/10 18:00 Chelsi - Nottingem Forest
06/10 18:00 Aston Villa - Man. Yunayted
06/10 19:15 Alaves - Barselona
06/10 20:00 Braziliya - Argentina
06/10 20:30 Brayton - Tottenhem
06/10 21:00 Monsa - Roma
06/10 21:30 Sevilya - Betis
06/10 23:45 Fiorentina - Milan
07/10 00:00 Real Sosyedad - Atletiko

Joze Mourinyoning o‘zi ishlagan klublarda amalga oshirgan eng qimmat xaridlari

Joze Mourinyoning o‘zi ishlagan klublarda amalga oshirgan eng qimmat xaridlari

Baho:
+ | -

Butun boshli futbol tarixida Joze Mourinyochalik transferlar uchun ko‘p pul sarflagan murabbiyni topa olmaysiz. U faoliyati davomida 2 milliard yevroni aynan futbolchi sotib olishga ishlatgan. Quyida uning "Chelsi", "MYU", "Real", "Inter" va "Portu" kabi jamoalaridagi eng yirik xaridlariga e’tibor qaratamiz.

"Portu" – Benni Makkarti

Mourinyo ikki yilni "Portu"da o‘tkazib, ikkita mamlakat chempionligi, YECHL va Yevropa ligasi kubogini qo‘lga kiritadi. O‘sha davrda uning qilgan yirik transferi "Selta"dan sotib olingan Benni Makkarti edi. 3.5 million yevroga olingan futbolchi o‘zidan kutilgan natijani bermaydi. Shu sabab u bir mavsumdan keyin "Blekbern Rovers"ga arzimagan narxga berib yuborilgandi.

"Chelsi" – Andrey Shevchenko

Abramovichning saxiyligi ostida Mourinyo London klubi bilan ko‘plab xaridlar qilgan. Ularning ichida muvaffaqiyatli deb Didye Drogba, Maykl Essyen, Aryen Robben va Petr Chexlarni keltira olamiz. Ammo Portugaliyalik mutaxassisning jamoadagi eng katta transferi omadsizlikka yuz tutadi: Shevchenko! U "Chelsi"ga kelganida, allaqachon "Oltin to‘p" va YECHLni qo‘lga kiritgan edi. 30 million yevroga olib kelingan hujumchi 53 ta o‘yinda 15 tagina gol urishga erishgan xolos.

"Inter" – Diyego Milito

U 2009 yilda "Jenoa" safidan olib kelinadi. O‘shanda argentinalik hujumchi uchun milanliklar naq 28 million yevro to‘lab bergandi. Katta pul sarflanganiga qaramasdan, Milito buni oqlaydi. U o‘zining debyut mavsumida Mourinyo jamoasining trebl sovrini uchun katta yordam beradi. Mavsum davomida 30 ta gol urgan hujumchi, Italiya chempioni, Italiya kubogi va YECHLda zafar quchgandi.

"Real" – Luka Modrich

Florintino Peres Mourinyoni 2010 yilda ommaga tanishtirib, "bu yilning eng katta muvaffaqiyati" deb atagandi. O‘sha davrda "Real" tarixidagi muhim transferlarni amalga oshirgan. "Qirollik klubi" Mourinyo tavsiyasi bilan Modrichni "Tottenxem"dan sotib oladi. 35 million yevroga olib kelingan yarim himoyachi, Mourinyo davridagi eng yirik xarid edi. Birinchi mavsum sovrinlarsiz yakunlanganidan keyin, Modrich jamoadagi eng yomon futbolchiga aylangandi. Ammo shundan beri ko‘p narsalar o‘zgardi. Shunday emasmi?

"MYU" – Pol Pogba

Mourinyo faoliyati davomida qilgan eng katta, ayni paytda eng muvaffaqiyatsiz transferi "Manchester Yunayted"da yuz beradi. Pogba "Yuventus"dan aynan Mourning davrida 100 million yevrodan ortiqqa olib kelingandi. Hammasi yomon tugadi. To‘g‘ri, 2017 yilda Pogba "MYU" bilan liga kubogi va YEL chempioniga aylangan. Ammo shundan keyin uning nomi katta sahnalarda deyarli ko‘rinish bermadi. Oxir-oqibatda 2022 yili Pogba jamoani tekinga tark etishga majbur bo‘ldi.

"Tottenxem" – Jovanni Lo Chelso

Lo Chelso va Mourinyoning "Tottenxem"da ekani, o‘ta g‘alati, pandemiya davriga to‘g‘ri keldi. Ammo hech kim na futbolchining, na murabbiyning ijobiy ta’sirini his qildi. Vaholangki, Lo Chelso 2019 yilda 55 million funt evaziga xarid qilingandi.

"Roma" – Temmi Abraxam

"Chelsi" akademiyasidan chiqqan hujumchi hech qachon Londonda Mourinyo bilan birga ishlamagan. Ammo ular "Roma"da birlashdi. Rimliklar Abraxamni 40 million yevroga sotib oladi. Shundan beri 23 yoshli markaziy hujumchi 107 ta o‘yinda "bo‘rilar" uchun 36 ta gol va 12 ta assist qayd etdi. Shunday bo‘lsada, bu natijalar Abraxam uchun Angliya terma jamoasiga kirish uchun yetarli bo‘lmayapti. Bir kun kelib, u APLga yana qaytadi.

  

 


ISMATOV J.

Manba: planetfootball.com
Kiritildi: 12:33, 26.06.2023.
O'qildi: 2166 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.