Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/09 00:00 Valyadolid 1-2 Malyorka
28/09 16:30 Nyukasl 1-1 Manchester Siti
28/09 17:00 Xetafe 2-0 Alaves
28/09 17:00 Bunyodkor 2-2 Nasaf
28/09 18:00 Udineze 2-3 Inter
28/09 19:00 Arsenal 4-2 Lester
28/09 19:00 Brentford 1-1 Vest Xem
28/09 19:00 Everton 2-1 Kristal Pelas
28/09 19:00 Nottingem Forest 0-1 Fulhem
28/09 19:00 Chelsi 4-2 Brayton
28/09 19:15 Rayo Valyekano 1-1 Leganes
28/09 21:00 Jenoa 0-3 Yuventus
28/09 21:30 Real Sosyedad 3-0 Valensiya
28/09 21:30 Vulverhempton 1-2 Liverpul
28/09 23:45 Bolonya 1-1 Atalanta
29/09 00:00 Osasuna 4-2 Barselona
29/09 15:30 Torino - Lasio
29/09 17:00 Selta - Jirona
29/09 18:00 Roma - Venetsiya
29/09 18:00 Komo - Verona
29/09 18:00 Ipsvich - Aston Villa
29/09 19:15 Atletik Bilbao - Sevilya
29/09 20:30 Man. Yunayted - Tottenhem
29/09 21:00 Empoli - Fiorentina
29/09 21:30 Betis - Espanyol
29/09 23:45 Napoli - Monsa
30/09 00:00 Atletiko - Real Madrid
30/09 23:45 Parma - Kalyari
01/10 00:00 Vilyarreal - Las-Palmas
01/10 00:00 Bornmut - Sautgempton

Gyundogan ketdi. Pep uning o‘rnini kim bilan to‘ldiradi?

Gyundogan ketdi. Pep uning o‘rnini kim bilan to‘ldiradi?

Baho:
+ | -

 "Manchester Siti" ushbu mavsumda treblga erishishiga katta hissa qo‘shgan futbolchilardan biri Ilkay Gyundogan bir-necha soat oldin jamoani rasman tark etdi. Germaniya terma jamoasi a’zosi 2016 yilda "shaharliklar" tarkibiga kelib qo‘shilgan edi. 7 yil mobaynida yarim himoyachi Gvardiola jamosida o‘z o‘rnini topib kerakli gollarga mualliflik qildi. U so‘nggi yillarda so‘zsiz jamoaning asosiy tarkib futbolchisi edi. Ho‘sh Pep ishongan futbolchisining o‘rnini kim bilan qoplamoqchi? "Manchester Siti" kuchlilar safida qolishi uchun Gyundoganning o‘rnini yopa oladigan futbolchiga muhtoj. Gvardiolada qanday variantlar bor? 

 Beqaror Kovachich 

Xorvatiyalik futbolchi "Inter" safida katta futbolga tanilgan va o‘yin uslubi jihatidan Pep yoki shunga o‘xshash to‘p nazorati ustida ko‘proq ishlaydigan murabbiylar unga erkinlik berishi mumkin edi. Ammo u "Real"ni tanlagan. Bu tanlov unga ko‘plab sovrin olib keldi. Ammo o‘zini ko‘rsatishiga imkon topilmadi. Mana endi murabbiyini topdi. Ammo Gyundoganning o‘rnida Kovachichni ko‘rishimiz biroz qiyinroq. Chunki xorvat asosan markazda yoki tayanch yarim himoyachisi bo‘lib o‘ynashga ko‘nikkan. Pep, balki Kovachichni tayanch uchun olib kelgandir? Ammo Rays transferiga bo‘lgan urinish Kovachichni Ilkayning o‘rniga kelgan bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatmoqda. Hozircha Kovachichni hujumkor yarimhimoyachi sifatida ko‘ra olmaymiz. 

 Universallik talab qilinayotgan Foden

Fil Foden o‘tgan mavsumning birinchi yarmida supero‘yinlar ko‘rsatib, Grilishni raqobatda batamom taslim qilgandek ko‘rindi. Ammo mundialdan keyin Jek o‘zini yaxshi tomonlarini ko‘rsatdi va Fodenni asosiy tarkibdan chiqarib yubordi. Albatta bunga Fodendagi jarohatlar ham sabab bo‘lgan. Endi Fodenda ikki yo‘l bor. Chap qanot uchun raqobatda Grilishni yengish yoki biroz markazlashishi kerak. Menimcha, Pep ham Fodenni markazga ko‘chirish haqida o‘ylayotgan bo‘lsa kerak, "Real"ga qarshi CHL yarim finali javob o‘yini va finalda "Inter"ga qarshi bahslarda Fil ushbu pozisiyada ham o‘ynay olishini ko‘rsatdi va bu bilan u Xolandga yanada yaqinroqdan ko‘maklasha oladi. 

 Mahrezning jamoada qolishi 

Riyad Mahrez o‘yin amaliyoti kamligi sabab "Siti"dan ketmoqchi. Ammo Gyundoganning "Barselona"ga yo‘l olishi sabab Pep Mahrezga kafolatlangan o‘yin amaliyoti berishi mumkin. Buning uchun Bernardu Silva yarimhimoyaga ko‘chishi kerak. Bernandu bunday pozisiyalarda bemalol o‘ynay oladi va bu unga maqul tushishi ham mumkin. 

Xulian Alvares uchun o‘yin amaliyoti 

Yuqordagi nomlarning Gyundogandan bitta kam jihati bor. Bu pressingda ishlash. Pep jamoasida hamma pressingda ishlashga majbur. Ammo Ilkay pressingda boshqa darajadagi futbolchi edi. Xulian Alvaresning ham to‘p uchun kurashishi va mehnatkashligini qadrlash mumkin. Shu tariqa Pep futbolchini yarim himoyachiga aylantirishi va bu bilan yaxshigina o‘yin amaliyoti berishi mumkin. 

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 15:05, 26.06.2023.
O'qildi: 3018 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.