Kirish Ro'yxatdan o'tish

Mane bu yozda "Bavariya"dan ketmaydigan ko‘rinadi

Mane bu yozda "Bavariya"dan ketmaydigan ko‘rinadi

Baho:
+ | -

"Bavariya" hujumchisi Sadio Manening agenti Bakari Sisse futbolchi bu yozda jamoani tark etmasligini aytdi.

“Men Saudiya Arabistonidan qiziqish haqida eshitmadim. Uning "Bavariya"da qolishi aniq. U 3 yillik shartnoma imzoladi. U endi bir yil o‘tkazdi va hali yana ikki yil bor. Demak, ha, hozircha u "Bavariya"da qolmoqda", - deya Sisse so‘zlarini keltiradi insayder Fabrisio Romano.

Oldinroq senegallik futbolchiga "Nyukasl" va Saudiyaning "Al-Ittifoq" klublari qiziqayotgani xabar qilingandi. Shuningdek, "Bavariya" 31 yoshli futbolchi bilan xayrlashish niyatida ekani ham xabar qilingandi.

2022/23 yilgi mavsumda Mane 38 ta o‘yinda maydonga tushib, 12 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Senegallikning "Bavariya" bilan shartnomasi 2025 yilning 30 iyuniga qadar amal qiladi.

Kiritildi: 07:14, 28.06.2023.
O'qildi: 941 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик