"Bavariya" futbolchisi Rayan Gravenberx Myunxen klubida qolishni istayotganini aytdi.
“O‘ylaymanki, keyingi mavsumda “Bavariya”da o‘ynayman. Bu dunyoning kuchli uch klubidan biri. Men shunchaki taslim bo‘lmayman. Maqsadim "Bavariya" bilan muvaffaqiyatga erishish", - dedi Gravenberx.
Niderlandiyalik futbolchi o‘tgan yozda "Ayaks"ni tark etib, Myunxenga ko‘chib o‘tgandi.