Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/04 19:00 Qizilqum 0-0 Xorazm
29/04 19:00 Neftchi 4-0 Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor 2-1 Navbahor
29/04 23:59 Atletiko 1-1 Arsenal
01/05 23:45 Piza - Lechche
02/05 00:00 Lids - Byornli
02/05 00:00 Jirona - Malyorka

Rays hafta oxirigacha "Arsenal"ga o‘tadi

Rays hafta oxirigacha "Arsenal"ga o‘tadi

Baho:
+ | -

"Vest Xem" yarimhimoyachisi Deklan Rays "Arsenal"ga o‘tishga juda yaqin turibdi. Insayder Fabrisio Romanoning so‘zlariga ko‘ra, “kanonirlar” shartnomani yopishga bir qadam qolgan.

Jurnalistning ta’kidlashicha, "Arsenal" Raysni yaqin ikki kun ichida sotib olishi kerak. Deklanning Londonning top-klubiga o‘tishiga shubha yo‘q.

Oldinroq "Arsenal" rahbariyati yarim himoyachining transferi uchun taxminan 120 million yevro to‘lashi haqida xabar berilgandi.

Deklan o‘tgan mavsumda "bolg‘achilar" safida Premyer-ligada 37 ta o‘yinda maydonga tushib, 4 ta gol va 2 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Kiritildi: 00:42, 29.06.2023.
O'qildi: 1453 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик