Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo 0-0 Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa 2-1 Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal 2-0 Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo 3-1 Fiorentina
06/12 20:00 Everton 3-0 Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti 3-0 Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem 2-0 Brentford
06/12 20:00 Bornmut 0-0 Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

Bugun "Real" va Mbappe masalasi uzil-kesil hal bo‘ladi

Bugun "Real" va Mbappe masalasi uzil-kesil hal bo‘ladi

Baho:
+ | -

Kilian Madridga yaqinlashib bormoqda

Ammo Parijda hujumchi bilan shartnomani uzaytirish bo‘yicha yangi sxemani o‘ylab topishgan. Kilian Mbappening "PSJ"dan "Real"ga o‘tishi bilan bog‘liq vaziyat tez sur’atlar bilan rivojlanmoqda. So‘nggi soatlarda Parij klubi va Fransiya terma jamoasi hujumchisining kelajagi bilan bog‘liq bir qancha insaydlar paydo bo‘ldi. 24 yoshli yulduz Madridga tobora yaqinlashib bormoqda. Jurnalist Fransua Galyardo bugun tushdan keyin tvitterdagi sahifasida "Real Madrid" Mbappe bilan shartnomani iyul oyining birinchi haftasida yopishi haqida yozdi. Manbaga ko‘ra, Madridga Kilianning onasi va agentlaridan biri Fayza Lamari hamda uning kompaniyasi xodimlari yetib keladi. Ispaniya poytaxtida klub rahbariyati va futbolchi vakillari transferning yakuniy shartlarini kelishib olishadi.

Ayni vaqtda Marca nashri 30 iyun, juma kuni Mbappening onasi ham "PSJ" prezidenti Nosir Al-Xelayfi bilan muzokara o‘tkazishini ma’lum qildi. Ushbu uchrashuvda tomonlar vaziyatni rivojlantirish variantlari va boshi berk ko‘chadan chiqish yo‘llarini muhokama qiladi. Nufuzli ispan nashri xabariga ko‘ra, Parij klubi boshliqlari ultimatum qo‘yishgan: yo Kilian hozirda shartnomasini uzaytiradi yoki yozgi transfer oynasida ketadi. Agar sotish masalasi hal etilsa va hujumchi uchun aniq narx belgilansa, shundan keyingina Madridning “Real” klubi Fransiya chempioni bilan shartnoma shartlarini muhokama qilishni boshlaydi. Shu kungacha “qaymoqranglilar” rahbariyati “PSJ”dagi hamkasblari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot qilishmayapti, biroq Mbappening onasiga Al-Xelayfi bilan belgilangan transfer narxi bo‘yicha kelishib olish vazifasini qo‘ygan. Insayder Aleks Jenero Mbappening agentlari va "PSJ" rahbarlari o‘rtasidagi muzokaralar tafsilotlari bilan o‘rtoqlashdi. Ikkala tomon ham Kilian 2024 yilda tekinga ketmasligiga kelishib oldi. Bugungi uchrashuv sanasi esa tasodifan tanlanmagan: 30 iyun - hujumchi shartnomani 2025 yilning yoziga qadar uzaytirish variantini faollashtirishi mumkin bo‘lgan oxirgi kun.

Oldinroq The Athletic agar fransiyalik futbolchi bir yildan so‘ng erkin agent sifatida Madrid klubiga o‘tsa, "Real" Mbappega 130 million yevro miqdorida bonus berishga tayyorligini yozgandi. Ammo, aftidan, bu sodir bo‘lmaydi. "Qaymoqranglilar"ning katta bonusi bilan Kilian 2024 yilning yozigacha Parijda qolsa, 200 million yevro ishlab olishi mumkin, chunki u keyingi mavsumda "PSJ"dan 70 mln yevro miqdoridagi “sodiqlik bonusi” olishi kerak edi. Marca xabariga ko‘ra, "PSJ"da muqobil variant bor, bu fransuz klubining o‘ziga, ham Mbappega mos kelishi kerak. Parijliklar futbolchiga shartnomani ikki yoki uch yilga uzaytirishni taklif qilishadi va uni 2024 yilning yozida "Real"ga sotishga va’da berishadi. Bundan tashqari, ular og‘zaki va’da berishadi, chunki Fransiyada shartnomaga futbolchini sotib olish to‘g‘risidagi bandni kiritish taqiqlangan. Shunday qilib, "PSJ" Kilian uchun pulni bir yildan keyin oladi va uni tekinga yo‘qotmaydi. Yana bir narsa - Mbappening onasi og‘zaki va’dalarga ishonadimi yoki yo‘qmi? Ispaniya OAV “Real Madrid” tuzoqqa tushib qolmaslik uchun hech qanday qadam tashlamoqchi emasligini yana bir bor ta’kidlamoqda, 2022 yilning yozida, Mbappe oxirgi lahzada Parijda qolishni tanlaganida bu ko‘pchilikni shokka tushirgandi. Mbappening kelishini kutayotgan “qaymoqranglilar” rahbariyati Anchelottining top hujumchilar yo‘qligidan norozi bo‘lishiga qaramay, “Espanyol”dan kelgan Xoseluni bo‘lajak mavsumda asosiy hujumchiga aylantirmoqchi. Karim Benzema ketganidan keyin bu muqobil variant sifatida ko‘rindi.

Kiritildi: 08:17, 30.06.2023.
O'qildi: 18911 marta.
Fikrlar: 28 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.