Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted - Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

Saudiyaga ketishga shoshilmang!

Saudiyaga ketishga shoshilmang!

Baho:
+ | -

Ayni dam Saudiya Pro ligasi klublarining Yevro liga futbolchilariga qarata yoppa "hujum"i avj olgan. Krishtianu Ronaldu va Karim Benzema ortidan ergashganlar soni ko‘paymoqda, biroq FIFAPRO (xalqaro futbolchilar uyushmasi) maoshlarning to‘lanmasligi va kasaba uyushmalari tomonidan yaxlit himoyaning yo‘qligi tufayli Saudiyaga kelguvchi futbolchilarni jiddiy ogohlantiryapti.

FIFA yaqinda nizolarni hal qilish palatasida o‘tgan 12 oy ichida o‘yinchilarning 50 dan ortiq holatda shartnomalar buzilishiga olib kelgan hisobotlarini e’lon qildi. Bu butun dunyo bo‘ylab 65 000 dan ortiq futbolchilarni birlashtirgan FIFAPRO uyushmasi tomonidan ko‘rib chiqilgan va o‘yinchilarni Fors ko‘rfazi davlatiga ko‘chib o‘tishdan oldin transferning hamma tomonlarini bafurja o‘ylab olishga chaqirdi. Jumladan ushbu ogohlantirishlardan ikkitasi N'Golo Kante va Uilfrid Zaxaga yuborilgan. Har ikki futbolchi Premyer-ligadagi shartnomasi muddati tugashi munosabati bilan klublarini tark etishga yaqin edi. 

"The Athletic" nashri o‘tgan yozda "Al-Ahli"ga o‘tgan "Nottingem Forest" va "Bornmut" klubining sobiq hujumchisi Lyuis Grabbanning ishi haqida xabar berdi. Uning ta’kidlashicha, shartnoma bekor qilinishidan oldin unga belgilangan umumiy ish haqidan 400 000 dollar (318 000 funt sterling) to‘lanmagan.

Grabban klub undan umumiy 2,2 million funt sterling miqdorida qarz ekanligini da’vo qilgan. Biroq so‘nggi bayonot umuman boshqa summalarni keltirib chiqardi. Ya’ni, to‘lanmagan ish haqi sifatida 500,000 dollar (398,2 ming funt sterling) hamda shartnoma buzilganligi uchun 700,000 dollar (557,4 ming funt sterling) – jami 1 million 200 ming dollar miqdorida futbolchi hisob raqamiga o‘tkazib berilishi kerak deya xulosaga kelindi. Ammo Grabbanning fikricha, qolgan 1 million nima bo‘ladi? Saudiya Arabistoni davlat investisiya jamg‘armasi tomonidan moliyalashtiriluvchi to‘rtta klubdan biri bo‘lgan "Al-Ahli" bo‘yicha o‘tgan hafta sud ishi ochildi. Unga ko‘ra klub 18 oy ichida to‘rt marta futbolchilarning huquqlari poymol bo‘lishi bilan bog‘liq sudlarga tortilgan. Shunday so‘ng ularga ikkita transfer oynasi davomida o‘yinchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish taqiqlangandi. Biroq Saudiyada yangi boshlangan loyihaga bu taqiq to‘sqinlik qila olmadi va futbolchilarning Arabistonga ommaviy ko‘chib kelishi davom etadi.

Angliyada bunday masalalarni ko‘rib chiqadigan futbolchilarning kasaba uyushmasi mavjud va o‘zlariga nisbatan yomon munosabatda bo‘lgan futbolchilarga yordam qo‘li cho‘ziladi hamda huquqiy maslahatlar beriladi. Biroq, Saudiya Arabistonida bunday ittifoq mavjud emas, Grabban misolida bo‘lgani kabi, shartnomani buzishga oid holatlar yetarli darajada tartibga solinmagan. Bugungi kunda Saudiyadan tashqari Jazoir, Xitoy, Ruminiya va Turkiya kabi mamlakatlar sport yurispuridensiyasi kabi sohaga jiddiy muhtoj. 

Saudiya Arabistoni davlat rahbari, valiahd shahzoda Muhammad bin Salmon o‘z manfaatini himoya qilish maqsadida sportdan foydalanmoqda. Biroq inson huquqlarining buzilishi bu davlatda keng tarqalgan bo‘lib, 2015 yildan 2022 yilgacha har yili o‘rtacha 129 ta bunga aloqador holat sodir bo‘ladi. Mamlakat neftga ko‘p ishonadi, ularning sportga investisiyalari ham mamlakat iqtisodiyotini diversifikasiya qilish orqali amalga oshadi. 

 

Yusufbek Saydaliyev tayyorladi

Kiritildi: 15:44, 30.06.2023.
O'qildi: 6761 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.