Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/01 01:00 Bavariya 2-0 Yunion
22/01 01:00 Marsel 0-3 Liverpul
22/01 01:00 Nyukasl 3-0 PSV
22/01 01:00 Slaviya 2-4 Barselona
22/01 01:00 Chelsi 1-0 Pafos
22/01 01:00 Yuventus 2-0 Benfika
22/01 01:00 Atalanta 2-3 Atletik Bilbao
24/01 00:45 Inter - Piza
24/01 01:00 Levante - Elche
24/01 17:30 Vest Xem - Sanderlend
24/01 18:00 Rayo Valyekano - Osasuna
24/01 19:00 Komo - Torino
24/01 20:00 Byornli - Tottenhem
24/01 20:00 Fulhem - Brayton
24/01 20:00 Manchester Siti - Vulverhempton
24/01 20:15 Valensiya - Espanyol
24/01 22:00 Fiorentina - Kalyari
24/01 22:30 Sevilya - Atletik Bilbao
24/01 22:30 Bornmut - Liverpul

APLning eng yangi omadsiz futbolchilari

APLning eng yangi omadsiz futbolchilari

Baho:
+ | -

Yozgi transferlar oynasi o‘zining qizg‘in davrini boshdan o‘tkazmoqda. Klublar oldi-sotdi bilan band. Shunday vaziyatda siz ham ayrim o‘yinchilarni butunlay esdan chiqarib qo‘ygan bo‘lishingiz mumkin. Ammo ular hali ham APL klublari qaramog‘ida qolmoqda. Quyida Angliyada ishi yurishmayotgan futbolchilarga e’tiboringizni qaratmoqchimiz.

Donni van de Bek

Hali ham "MYU" nima uchun van de Bekni sotib olganiga hayron qolish mumkin. Niderlandiyalik APLga kelganidan beri talanti yarim himoyachi maqomidan zaxira o‘rindig‘idan bo‘shamaydigan vakilga aylanib qoldi. 25 yoshli futbolchi o‘tgan mavsum davomida jami 10 ta o‘yinda maydonga tushib, debakr oyida jarohat oladi. U shundan beri ko‘rinish bermadi. Donni tez orada sotiladi. Kamida uni "Roma" ijaraga olsa kerak. Agarda u "Old Trafford"da qoladigan bo‘lsa, hozirgidek hech kim eslamaydigan futbolchi sifatida davom etadi.

Nikolya Pepe

Hamma qanchalik dovrug‘ bilan Pepening kelishi nishonlanganini biladi. 72 million funtga evaziga xarid qilingan hujumchidan hozir asar ham qolmagan. Oradan to‘rt yil o‘tib, "Arsenal" unga xaridor qidirib yuribdi. Pepe 28 yoshda va o‘tgan mavsumni "Nissa"da o‘tkazdi. Hujumchi u yerda jami 8 ta golga mualliflik qilgan edi.

Filippe Kountinyo

Hech kim bunday bo‘lishini kutmagan. "Liverpul"da porlaganidan keyin, Koutinyo 2018 yilda "Barselona"  tomonidan 105 million funtga xarid qilinadi. Ispaniyada braziliyalik hujumchining ishi faqat orqaga ketdi. O‘tgan mavsumda "Aston Villa"ga kelish, hammasini o‘zgartiradi deb umid qilgandik. Ammo unday bo‘lib chiqmadi. Unai Emeri kelganidan keyin , Koutinyo yana zaxiraga mixlanib qoldi. U tez orada Saudiya Arabistoniga ketsa kerak.

Dele Alli

Ha, sobiq "Tottenxem" yulduzi hali ham APL jamoasi safida qolmoqda. Alli o‘tgan mavsumni "Beshiktosh" safida ijara asosida o‘tkazib, yana "Everton"ga qaytdi. Yarim himoyachi 2023 yilning 26 fevralidan beri birorta o‘yinda maydonga tushmadi. U Turkiyadagi faoliyati davomida jami 13 ta o‘yinda 2 ta gol urishga erishdi. Shon Daych bundan keyin ham Alliga imkoniyat bermasa kerak.

Xarri Arter

Arterning "Nottingem Forest" uchun so‘nggi o‘yini 2021 yilning yanvarida, ikki daqiqalik zaxiradan maydonga tushish bilan cheklanadi. Shundan beri futbolchi Chempionshipda ijarama-ijara yuribdi. Shunga qaramay, uning hali ham London klubi bilan tuzgan bir yillik bitimi mavjud. Ammo Arterning asosiy jamoaga qaytishi hamon noma’lumligicha qolmoqda.

 

 

 


ISMATOV J.

Manba: planetfootball.com
Kiritildi: 23:09, 30.06.2023.
O'qildi: 1668 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.