Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/03 01:00 Bude-Glimt 3-0 Sporting
12/03 01:00 PSJ 5-2 Chelsi
12/03 01:00 Real Madrid 3-0 Manchester Siti
12/03 19:30 OKMK 2-2 So‘g‘diyona
12/03 20:00 Dinamo 1-1 Nasaf
14/03 00:45 Torino - Parma
14/03 01:00 Alaves - Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona - Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter - Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend - Brayton
14/03 20:00 Byornli - Bornmut
14/03 20:15 Atletiko - Xetafe
14/03 22:00 Napoli - Lechche
14/03 22:30 Chelsi - Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal - Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo - Valensiya

Prevyu. “Navbahor” – “Buxoro”

Prevyu. “Navbahor” – “Buxoro”

Baho:
+ | -

Superligasining qoldirilgan  8-turi doirasida "Navbahor" o‘z maydonida Buxoroning  “Buxoro” jamoasini qabul qiladi.

Mazkur klublar Superliga (oliy liga) o‘yinlarida 58 marta bir-birlariga qarshi maydonga tushishgan. Ushbu 58 ta bahsdan 32 tasida namanganliklar g‘alaba qozongan bo‘lsa, 16 ta uchrashuvda buxoroliklar zafar quchishgan,  10 ta o‘yinda esa tomonlar durangga imzo chekishgan.

“Navbahor” shu kunga qadar o‘zaro bahslarda 105 ta to‘p kiritib, o‘z darvozasidan 62 marta to‘p olib chiqqan. Ushbu klublarning o‘zaro o‘yinlarida namanganliklar 106 ochkoni, “Buxoro” esa 58 ochkoni qo‘lga kiritgan. 

O‘zaro uchrashuvlardagi eng yirik hisob 2001 yili kuzatilgan. O‘sha yili Namanganda o‘tkazilgan o‘yinda “lochinlar” 6:1 hisobida g‘alaba qozonishgan. Buxoroliklar esa 2009 yilgi mavsumda "Navbahor"ni o‘z maydonlarida 3:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratishgan.

Shu kungacha Namanganda bo‘lib o‘tgan 29 ta bahsning 22 tasida mezbonlar, 4 tasida mehmonlar zafar quchishgan. Uchta uchrashuvda esa tomonlar durangga imzo chekishgan. “Lochinlar” o‘z maydonlarida bo‘lib o‘tgan o‘yinlarda buxoroliklar darvozasiga 67 ta to‘p kiritib, o‘z darvozalaridan 22 ta to‘p olib chiqishgan.  

Eslatib o‘tamiz, “Navbahor” – “Buxoro” bahsi Namangan shahar, Davlatobod tumanidagi  “Markaziy”  stadionida 1 iyul kuni soat 20:00da start oladi.

Manba: "Навбаҳор" клуби матбуот хизмати
Kiritildi: 09:24, 01.07.2023.
O'qildi: 1051 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.