Kirish Ro'yxatdan o'tish

Anchelotti "Real" qaysi pozisiyani kuchaytirish kerakligini aniqlab oldi

Anchelotti "Real" qaysi pozisiyani kuchaytirish kerakligini aniqlab oldi

Baho:
+ | -

"Real Madrid" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti jamoasi himoyasining chap tomonini kuchaytirmoqchi.

Avval xabar berganimizdek, klub Ferland Mendini sotish masalasini jiddiy o‘ylamoqda, buni italiyalik mutaxassis qo‘llab-quvvatlamayapti. Madrid Xtra xabariga ko‘ra, Anchelotti chap qanotda raqobatni kuchaytirmoqchi, ammo bu o‘rin uchun o‘yinchilarni sotib olish "Real Madrid" tomonidan yozgi transfer oynasida ustuvor vazifa sifatida ko‘rilmaydi.

Eslatib o‘tamiz, "qaymoqranglilar" safiga yaqinda "Rayo Valyekano"dan 5 million yevro evaziga ko‘chib o‘tgan chap qanot himoyachisi Fran Garsiya qo‘shildi. Aynan u kelasi mavsumda asosiy tarkibdan joy olish uchun Ferland Mendi bilan raqobatlashishi kerak.

Kiritildi: 10:42, 01.07.2023.
O'qildi: 4421 marta.
Fikrlar: 8 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик