Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/04 00:00 Jirona 1-0 Vilyarreal
07/04 17:00 Lokomotiv 1-1 Xorazm
07/04 18:00 Mash’al 0-1 Bunyodkor
07/04 19:15 Andijon 0-1 Navbahor
07/04 23:59 Real Madrid 1-2 Bavariya
07/04 23:59 Sporting 0-1 Arsenal
08/04 18:00 Qo‘qon-1912 1-1 Nasaf
08/04 19:00 OKMK 1-1 Surxon
08/04 20:15 Dinamo 2-1 So‘g‘diyona
08/04 23:59 Barselona - Atletiko
08/04 23:59 PSJ - Liverpul
09/04 19:00 Neftchi - Paxtakor
09/04 19:00 Buxoro - Qizilqum

Nodari Kavtaradze: "Birinchi davrani juda yaxshi notada tamomladik"

Nodari Kavtaradze: "Birinchi davrani juda yaxshi notada tamomladik"

Baho:
+ | -

“Andijon” jamoasining “Paxtakor”ga qarshi uchrashuvini 22-daqiqasida gruziyalik legioner Nodari Kavtaradze kutilmaganda jarohat olib, maydonni majburiy ravishda tark etdi. Holbuki, u uchrashuvni juda yaxshi boshlagandi.

88-raqam ostida o‘ynayotgan Kavtaradze “Andijon” matbuot xizmatiga o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

“Birinchi navbatda omadli seriyamiz davom etayotganini aytib o‘tmog‘im kerak. O‘ylaymanki, safarda “Paxtakor” bilan durang o‘ynash bu yaxshi natija. Barcha yigitlar maksimum darajada kuch sarfladilar. Natija haqqoniy. Biz birinchi davrani juda yaxshi notada tamomladik va men “Andijon” klubiga kim daxldor bo‘lsa, hammasini bu bilan tabriklab qolaman.

Shuningdek, muxlislarimizga alohida minnatdorlik bildirishni istagan bo‘lardim. Shaxsan o‘zimga kelsak, birinchi davrani yaxshi notada, ayniqsa, “Paxtakor”ga qarshi bellashuvda zo‘r o‘yin ko‘rsatgan holda tamomlashni niyat qilgandim. Uchrashuvdan oldin butun murabbiylar shtabi vakillari va yigitlar “Paxtakor”ga qarshi uchrashuvda yaxshi natijaga erisha olishimizga ishongandik. Amalda ham shunday bo‘ldi. Baxtga qarshi yo‘nalishni o‘zgartirayotgan paytimda tizzam jarohatlandi va o‘zimni yomon his qilganim bois uchrashuvni davom ettira olmadim”, - deydi Nodari.

Birinchi davra tugagach, uyiga qaytgan Kavtaradze endi jarohatini davolaydi va biz unga tezroq sog‘ayib safga qaytishini tilab qolamiz.

Manba: "Андижон" матбуот хизмати
Kiritildi: 16:57, 01.07.2023.
O'qildi: 1812 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик