Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/05 23:45 Piza - Lechche
02/05 00:00 Lids - Byornli
02/05 00:00 Jirona - Malyorka
02/05 17:00 Vilyarreal - Levante
02/05 18:00 Udineze - Torino
02/05 19:00 Vulverhempton - Sanderlend
02/05 19:00 Brentford - Vest Xem
02/05 19:00 Nyukasl - Brayton
02/05 19:15 Valensiya - Atletiko
02/05 21:00 Komo - Napoli
02/05 21:30 Arsenal - Fulhem
02/05 21:30 Alaves - Atletik Bilbao
02/05 23:45 Atalanta - Jenoa
03/05 00:00 Osasuna - Barselona

Nursulton Ro‘ziboyev UFC’dagi debyut jangida yengilmas raqibini 1-raunddayoq nokautga uchratdi (video)

Nursulton Ro‘ziboyev UFC’dagi debyut jangida yengilmas raqibini 1-raunddayoq nokautga uchratdi (video)

Baho:
+ | -1

AQSHning Las-Vegas shahrida O‘zbekiston vaqti bilan 2 iyul tongida UFC musobaqasi o‘tkazildi.

UFC Vegas 76 musobaqasining asosiy kardida o‘zbekistonlik yakkakurashchi Nursulton Ro‘ziboyev (36-8-2) jang qildi. Unga Braziliya vakili Bruno Ferreyra (10-1) raqib bo‘ldi.

Nursulton jangning birinchi raundidayoq raqibini kuchli zarba bilan nokautga uchratdi va muddatidan avval g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Shu tariqa Ro‘ziboyev UFC promoushenidagi debyutini muvaffaqiyatli boshladi.

O‘zbekistonlik sportchi faoliyatidagi 36-g‘alabani qo‘lga kiritdi. Ferreyra esa MMA’dagi ilk mag‘lubiyatini qabul qilib oldi.

Ro‘ziboyev UFC bilan 21 iyun kuni shartnoma imzoladi va qisqa muddat ichida jang qilishiga to‘g‘ri keldi. Ushbu MMA oqshomida Ferreyraga Abdulrazzoq Alhassan (12-5) raqib bo‘lishi rejalashtirilgandi, biroq yakkakurashchi jarohat sabab safdan chiqdi va uning o‘rnini Nursulton egalladi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 06:01, 02.07.2023.
O'qildi: 44978 marta.
Fikrlar: 7 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик